O‘qituvchi nutqi madaniyati


Mavzuni mustahkamlash va takrorlash uchun


Download 456.03 Kb.
bet10/27
Sana02.06.2024
Hajmi456.03 Kb.
#1836628
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   27
Bog'liq
nutq. majmua 23

Mavzuni mustahkamlash va takrorlash uchun
savollar:
1. Notiqlik san’atiga qadimdan e’tibor berilishi-ning sabablari nimalardan iborat?
2. Qadimgi Xitoyda so‘z va notiqlik san’atiga e’tiborning qaysi jihatlaridan foydalanish mumkin?
3. Qadimgi Misrda nutq madaniyati va notiqlikka e’tibor to‘g‘risida ma’lumot bering.
4. Yunon notiqligining asosiy jihatlari nimada ko‘rinadi?
5. Rim notiqligining o‘ziga xos xususiyatlari nimalarda namoyon bo‘ladi?
6. Markaziy Osiyoda so‘z san’ati va notiqlikka e’tibor to‘g‘risida ma’lumot bering.
7. So‘z va notiqlik san’atining yirik namoyondalari to‘g‘risida ma’lumot to‘plang.
Sharqda notiqlik san`at.
Musulmon Sharqda nutq- va`z, notiq-voiz deb yuritilgan.
IX-XV asrlarda yashagan Xorazmiy, Farog’iy, Forobiy, Ibn Sino, Beruniy, Qoshg’ariy, Navoiy kabi ulug’ siymolar O`rta Osiyo xalqlarining dunyo madaniyati taraqqiyotida oldingi saflarda bo`lishi uchun xizmat qilganlar. Sharq tarixida Uyg’onish davri hisoblangan bu davrda notiqlik san`ati ham rivojlangan. Abu Nasr Forobiy (837-950) Ibn Sino (980-1037) kabi olimlar mashhur notiq ham bo`lganlar.
XI asrda Kaykovus tomonidan yaratilgan “Qobusnoma” da ham (1082-1083) notiqlik ulug’langan. 44 bobdan iborat bu asarning 6,7-boblari so`z odobi haqidadir deb nomlangan.
Beruniy “Geodziya”, Abu Abdulloh al- Xorazmiy “Mafotih ul-ulum” (“Ilmlar kaliti”) asarlarida bu san`atga alohida e`tibor berganlar.
Abu Nasr Forobiy to`g’ri so`zlash, mantiqiy xulosalar chiqarish, go`zal nutq tuzishda leksikologiya, grammatika, mantiqning ahamiyati katta ekanligini ta`kidlaydi. Olim bilimlarning birinchisi jismlar va hodisalarga ism berish, ikkinchisi grammatika (jismlarga berilgan ismlarni tartibga solishni) uchunchisi mantiq (xulosa chiqarish uchun darak gaplarni joylashtirish) dir deb fikr yuritadi. Birincvhisi ism beruvchi til haqida ilmlar, ikkinchisi natijalarni ifodalaovchi hikmatli so`zlar va nutq qanday tuzishni o`rgatadi, uchinchisi xulosalar yordamida yangi narsalarni bilib olishni o`rgatadi.
O`rta Osiyoda Voiz Muhammad Rafi` (“Abvobul jinon”), Voiz Qazviniy (“Zilolu maqol”), Voiz Shirvoniy (“Ahsanul ahodis”), Muhammad Bobur binni Muhammad Voiz (“Hidoyatul-taqvim”), Qudrati Sindiy (“Anisul-voizin”), Mulla Kala Voiz Samarqandiy (“Ravzatul-voizlik”), Qozi O`shiy (“Miftoxun-najjoh”-“So`zning kaliti”) kabi mashhur notiqlar yetishib chiqqan. Shveysar olimi Adam Mesning ma`lumotiga ko`ra, avval podsholar el oldiga chiqib, davlat tuzumi, o`z siyosatlari kabi mavzularda nutq so`zlashi lozim bo`lgan. Ularning nutq matnlarini saroydagi devonul insho xodimlari yozib bergan. Juma kuni nutq so`zlash shart bo`lgan. Vaqtlar o`tishi bilan bu ish maxsus so`z ustalariga topshirilgan.
Mavlono Fahriddin Ali Safiyning “Latoyifut-tavoyif” asarida Mavlono Irshod haqida bir hikoya keltiriladi. H.Boyqaro Sheroz shohi Shijo` oldiga munozara olib borish uchun Mavlono Irshodni yubordi. Notiq bu vazifani sharaf bilan uddalaydi. Masjidi Jomeda nutq so`zlab, hammani yig’latadi, so`ng hammani kuldiradi.
Yana mashhur notiqlardan biri farg’onalik notiq Qozi O`shiydir. U O`sh shahrida qozilik lavozimida ishlagan. Erondagi Siyiston viloyati xalqi qattiqqullik bilan dong chiqargan edi. Qozi O`shiy ular ko`ngliga so`z topib , xalqning mehr xazinasini ochadi va hurmatga sazovor bo`ladi. Navoiy zamonasida yashagan uch notiq haqida ma`lumotlar bor.



Download 456.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling