O‘qituvchi nutqi madaniyati
Download 456.03 Kb.
|
nutq. majmua 23
Nutqning to‘g‘riligi22
Nutqning to‘g‘ri bo‘lishi uning bosh kommunikativ xususiyati hisoblanadi. Nutqning to‘g‘ri tuzilgan bo‘lishi tomonlarning – so‘zlovchi va tinglovchining, yozuvchi va o‘quvchining bir-birlarini tez va oson tushunishlarini ta’minlaydi. Agar nutq to‘g‘ri bo‘lmasa, u aniq ham, maqsadga muvofiq ham, mantiqiy ham bo‘lmaydi. To‘g‘rilik deganda, - deb yozadi V.G.Kostomarov, - nutq madaniyatining zarur va birinchi sharti sifatida adabiy tilning ma’lum paytda qabul qilingan me’yorining qat’iy va aniq muvofiq kelishini, uning talaffuz, orfografik, lug‘at va grammatik me’yorlarini egallashni tushunish lozim bo‘ladi. Demak, nutqning to‘g‘ri bo‘lishi dastlab uning adabiy til me’yorlariga muvofiq kelishi bo‘lib hisob-lanadi. Nutqning to‘g‘ri bo‘lishi asosan ikki me’yorga – urg‘u va grammatik me’yorga amal qilishni taqozo qiladi. So‘zlardagi ayrim bo‘g‘inlarning zarb bilan talaffuz qilinishi, ya’ni ularga urg‘uning tushishi hamma tillarda ham bir xil xususiyatga ega emas. O‘zbek tilida shunday hodisa kuzatiladi. Masalan, olma so‘zini olaylik. Bu so‘zni alohida, urg‘usiz olib qaraganda uning qanday ma’no anglatayotganini bilish qiyin bo‘ladi. Urg‘u esa undagi ma’noning reallashuviga ko‘maklashadi, ya’ni o*lma tarzida urg‘u birinchi bo‘g‘inga tushganda harakat, olma* tarzida oxirgi bo‘g‘inga tushganda esa mevaning bir turi ma’nosi anglashiladi. Tilimizda bunday so‘zlar anchagina: qa*tlama – qatlama*, ho*zir – hozi*r, yigitcha* – yigi*tcha, o‘quvchi*miz – o‘quvchimi*z, ya*ngi – yangi* kabi. So‘zlardagi bu xususiyatlarni farqlamasdan, urg‘uni noto‘g‘ri qo‘llash so‘zlardagi ma’noning buzilishiga olib keladi. So‘zlar talaffuzidagi bu kabi holatlarga, ayniqsa, maorif va madaniyat xodimlari e’tibor berishlari va boshqalarga o‘rnak bo‘lishlari lozim. Talabalar mehmoni so‘z birikmasida ham mulohazali holat mavjud. Bu holat qaratqich kelishigi qo‘shimchasi-ning tushirilishi bilan bog‘liq. Qiyoslang: Talabalar mehmoni(kimningdir talabalar mehmoni) – Talabalarning mehmoni (kimdir talabalarning mehmoni). O‘zbek tilida ko‘plik ma’nosini ifodalashning yo‘llaridan biri – lar qo‘shimchasi ekanligi ma’lum. Shu bilan birga, bu qo‘shimchaning ko‘plik doirasidan chiqib, asosan ot va fe’llarga qo‘shilganda hurmat, kinoya, piching, noaniqlik, kuchaytirish, takrorlash, ta’kid, predmetning turi, umumlashtirish, so‘zlovchi munosabatini alohida bildirish singari turli xil ma’nolarni ifodalashi uning grammatik-uslubiy imkoniyatlarining kengayib borayotganligidan dalolat beradi. Garchi qo‘shimchaning bu kabi ma’nolarni anglatish jarayonidagi so‘zlarga qo‘shi-lish tarzi morfologik me’yorning buzilishi sanalsa-da, uni uslubiy me’yorning buzilishi deb bo‘lmaydi: tillar, yuraklar, jigarlar, burunlar, boshlar, suvlar, qonlar, sutlar, saroblar, barglar, yo‘qlar, (ketmaydimi) chiriblar kabi. Ma’noning to‘g‘ri, maqsadga muvofiq ifoda etilishida ohangning ham xizmati katta. So‘zlarga qaysi yo‘sinda urg‘u berilishiga qarab ma’no ottenkalari o‘zgarib borishi mumkin. Masalan, nutq jarayonida keling so‘zidagi samimiyat, piching, masxaralash, norozilik kabi ottenkalar faqat ohang yordamidagina reallashadi. Xullas, ona tili xazinasidan kerakli grammatik shakllarni tanlash va ularni joy-joyida ishlatish, nutqni to‘g‘ri tuzishga erishish, har bir til birligini o‘rniga qo‘yib talaffuz qilish nutq madaniyatining asosiy talablaridan sanaladi. Nutqning to‘g‘ri bo‘lishi barcha soha mutaxassislari uchun ham muhimdir. Ayniqsa, fizika, kimyo, matematika, biologiya, informatika fanlari o‘qituvchilari o‘quvchilar-ning turli tillardan kirib kelgan atamalarni ishlatish-da, urg‘uni to‘g‘ri qo‘llashlariga, to‘g‘ri talaffuz etishlari-ga e’tibor berishlari lozim. Chunki ruscha-baynalmilal so‘z va atamalarning talaffuzi, ya’ni urg‘uni qo‘llash o‘zbek tilinikidan birmuncha farq qiladi. Download 456.03 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling