O’qituvchi pedagogik tafakkurining mohiyati va tavsifi
Download 37.88 Kb.
|
Muxlisa Omonova
- Bu sahifa navigatsiya:
- TADQIQOT METODOLOGIYASI
ADABIYOTLAR TAHLILI:
Ta’lim va tarbiya maqsadiga erishishda talabalarning turli muammolarni hal qilish qobiliyatini shakllantirish muammosini hal qilishning mumkin bo’lgan metodlaridan biri bo’lajak o’qituvchining tanqidiy pedagogik tafakkurini shakllantirishdir. “Inson tafakkuri” tushunchasining mohiyatini tushunmay turib, bu muammoni hal qilish mumkin emas. Bu tafakkur muammosini o’rganuvchi eng mashhur xorijiy va mahalliy psixologik, falsafiy va pedagogik nazariyalarga murojaat qilishni talab qiladi. Respublikamiz olimlari A.Irisov, A.Nosirov, I.Nizomiddinov [1, 59], SH.M.SHomuhamedov [2, 74], M.Xayrullaev [3, 71], N.Komilov [4, 201], G.N.Navro’zova [5, 143], va boshqalar tomonidan ijtimoiy, ma’rifiy, ma’naviy va pedagogik fikrlar tarixini birlamchi manbalar asosida o’rganilgan va ilmiy-amaliy imkoniyatlari tadqiq etilgan. Ularda falsafa, psixologiya va pedagogikada tafakkurning mohiyatini, uning shakllanish va rivojlanish mexanizmlarini tushunish uchun zarur bo’lgan yetarlicha nazariy va empirik materiallar to’plangan. SHunga qaramay, biz tafakkurning ba’zi nazariyalari va tushunchalariga murojaat qilish va bo’lajak o’qituvchining pedagogik tafakkurini ilmiy tushunishni aniqlashtirish zarur deb hisoblaymiz. TADQIQOT METODOLOGIYASI O’qituvchining obro’-e’tiborini ta’minlaydigan ilk vosita uning tarbiyalanganlik darajasidir. Birinchidan, o’qituvchi ma’naviy jihatdan sog’lom va keng fikrlay oladigan bo’lishi, o’z milliy qadriyatlari, urf-odatlari va millatimizning buyuk siymolari ijodiy merosini teran bilishi kerak. Ayniqsa, o’zi tanlagan mutaxassislik va fan sohasida izlanishlar olib borgan allomalarning hayoti va ijodini yaxshi bilishi hamda mantiqiy tafakkurga ega bo’lishi lozim. Bu o’qituvchi pedagogik mahoratining shakllanib borishida muhim ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, milliy an’analarimiz, urf-odatlarimiz, qadriyatlarimiz asosida davlatimizning buyuk kelajagi bo’lmish yosh avlodga chuqur bilim berish o’qituvchidan yuksak qobiliyatni va ishchanlikni talab qiladi. Inson tafakkuri, aqliy saloxiyati ijtimoiy boylik hisoblanadi. Ular har qanday jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini belgilaydigan omillardir. SHunday bolalar borki, ular umumiy o’rta maktab ta’lim jarayonida ma’lum yo’nalish bo’yicha o’zlarining iqtidorini, iste’dodlarini namoyon qiladilar. Bu boylikdan oqilona foydalanish, uni tug’ri yo’naltirish kerak bo’ladi. O’qituvchining pedagogik tafakkuri aynan shu maqsadni amalga oshirishga, iqtidorli, iste’dodli bolalarni tarbiyalashga xizmat qiladi. “Tafakkur” toifasini tahlil qilishning falsafiy darajasi “tafakkur” tushunchasini psixologik-pedagogik darajalarda toifali tahlil qilish yo’nalishini belgilaydi. Tafakkur muammosining falsafa uchun ahamiyati falsafaning asosiy masalalaridan biri sifatida tafakkurning borliq bilan aloqasi masalasi bilan belgilanadi. Tafakkur - bu jarayon. Olimlar tafakkurni voqelikning hissiy aks etishida mavjud bo’lgan qobiliyat deb ham bilishadi. Bu qobiliyat sezuvchanlik qobiliyatiga kiradi, uning mavhum tafakkur qobiliyatiga aylanishini ta’minlaydi. Tafakkur murakkab bilish jarayoni bo’lib, u ko’plab turli xil texnikalar, metodlar va bilish shakllaridan foydalanishni o’z ichiga oladi. Ularning orasidagi farqlar shartli bo’lib, ko’pincha bu atamalarning barchasi sinonim sifatida ishlatiladi, ammo ular o’rtasida biror farq qo’yish mantiqan mumkin. Tafakkur va ilmiy bilish metodlari deganda inson tafakkuri uning barcha sohalarida, ilmiy bilimlarining istalgan bosqichi va darajasida qo’llaniladigan umumiy biologik va umumiy gnoseologik operatsiyalar tushuniladi. Tafakkur usullari, qoida tariqasida, bilish faoliyatining muayyan bosqichida tafakkur jarayonining umumiy yo’nalishini tavsiflaydi. Masalan, butundan qismga, xususiydan umumiyga, aniqdan mavhumga va boshqalarga o’tishda. Metodlar turli tadqiqot metodlarining butun majmuasini o’z ichiga olgan murakkab bilish jarayonidir. Metod - bilish jarayonida amal qilinishi kerak bo’lgan tamoyillar, usullar, qoidalar, talablar tizimidir. Metodning jihatlari: predmet-mazmunli, operatsion, aksiologik. Ilmiy bilish metodlarini uch guruhga bo’lish mumkin: maxsus, umumilmiy, universal. Maxsus metodlar faqat alohida fanlar doirasida qo’llaniladi. Umumilmiy metodlar barcha fanlardagi bilimlar kursini tavsiflaydi. Universal metodlar inson tafakkurini umumiy xarakterlaydi va inson bilish faoliyatining barcha sohalarida (ularning o’ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda) qo’llaniladi [6, 192]. Inson tafakkurining mahalliy nazariyalari va tushunchalariga murojaat qilamiz. Bunday tafakkur, qiziqish haqidagi nazariya va tushunchalar qatorida S.L.Rubinshteynning tafakkur tushunchasi [7, 317] bo’lib, unga ko’ra har bir tafakkur jarayoni o’zining ichki tuzilishiga ko’ra muayyan muammoni hal qilishga qaratilgan harakat yoki faoliyat aktidir. Bu vazifa shaxsning aqliy faoliyati uchun belgilangan shartlar bilan bog’liq bo’lgan maqsadni o’z ichiga oladi. Muammoni hal qilish tafakkur jarayonining tabiiy yakunidir. Butun tafakkur jarayoni ongli ravishda tartibga solinadigan operatsiya sifatida namoyon bo’ladi. Tafakkur muayyan muammolarni hal qilishga qaratilgan operatsiyalar shaklida amalga oshirilganligi sababli, tafakkur jarayoni faol, maqsadli, irodali harakatdir. Muammoni hal qilish ko’pincha tafakkur duch keladigan qiyinchiliklarni yengish uchun katta irodani talab qiladi. Demak, aqliy mehnatda muvaffaqiyatga erishish uchun shaxsning irodaviy fazilatlari, qat’iyatlilik va maqsadga muvofiqlik muhim ahamiyatga ega. Download 37.88 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling