O’qituvchi: Solieya Rahimaxon


Download 202.5 Kb.
bet17/19
Sana19.01.2023
Hajmi202.5 Kb.
#1101365
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
9-sinf-3-chorak

Tashkiliy qism: Salomlashish, davomatni aniqlash, sinf xonasi va o’quvchilarning darsga tayyorligini tekshirish, o’quvchilarni guruhlarga bo’lish.
Ma’naviy daqiqa: Mart oyi-bahor faslining birinchi oyi. Bahor yasharish va yangilanish fasli. 8-Mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni.
O’tilgan dars:”Ajraladigan va ajralmaydigan birikmalar” mavzusi bo’yicha
Savollar:

  1. Qanday birikmalar ajraladigan turga kiradi?

  2. Qanday birikmalar ajralmaydigan turga kiradi?

  3. Qanday sharoitlarda shpilkali birikmadan foydalaniladi?

O’quvchilarning nazariy bilimlari aniqlanib bo’lgandan keyin,qatorlarga rag’bat kartochkalar beriladi.
Yangi mavzu bayoni: Agar keskichni silindr sterjenga tekkizib, uni aylanma va ilgarilama harakatlantirilsa, keskich silindr sirtida egri chiziq chizadi. Bu egri chiziq vint chizig’i deyiladi. Silindr sirtidagi to’la bir aylanishi vint chizig’ining yo’li deb ataladi. Silindr sirtiga uchi uchburchak shakldagi keskichni botirib silindrga aylanma keskichda ilgarilama harakat berilsa, silindrik sterjenda uchburchak shaklidagi o’rmali rezba hosil bo’ladi. Shunda detalning silliq qismidan to’liq o’yilgan joyigacha hosil bo’lgan masofa rezbaning sbegi deyiladi. Uchburchakning tomonlari hosil qilgan sirtlar vint sirtlari deyiladi. Agar bu silindr uning o’qi orqali o’tuvchi frontal tekislik bilan kesilsa, unda arraning tishlari singari uchburchak tishlar hosil bo’ladi. Ikki qo’shni uchburchak uchlarining orasidagi masofa rezbaning qadami deb ataladi. Lekin silindrik sterjenda rezbani bunday tasvirlash qiyin bo’lganligi uchun u shartli ravishda tasvirlanadi: Masalan, sterjenning bir uchi ma’lum qismida rezba o’yilsa, rezbaning ichki diametri ingichka chiziq bilan tasvirlanadi.
Rezba profilida uchburchak tomonlari orasidagi burchak 600 ni tashkil qilsa, hosil bo’lgan rezba metrik rezba deb ataladi va “M” harfi bilan belgilanadi.
Ko’rgazmali materiallar namoyish qilinadi, darslikdagi 24.1,2,3,4,5,6-chizmalar tahlil qilinadi.

Download 202.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling