O’qituvchi: Solieya Rahimaxon
Download 202.5 Kb.
|
9-sinf-3-chorak
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yangi mavzu bayoni
- O’quvchilarning mustaqil ishlari
- Baholash
Tashkiliy qism: Salomlashish, davomatni aniqlash, sinf xonasi va o’quvchilarning darsga tayyorligini tekshirish, o’quvchilarni guruhlarga bo’lish.
Ma’naviy daqiqa: Bahor yasharish va yangilanish fasli. Navro’z – bahor bayrami. O’tilgan dars:”Rezbalar va ularni chizmalarda tasvirlash” mavzusi bo’yicha bajarilgan bolt, gayka, shayba chizmalari tahlil qilinadi. Nazariy bilimlar savol-javob orqali aniqlanadi. Savollar: Rezbalar chizmada qanday belgilanadi? Sterjenga o’yilgan rezbaning katta diametri qanday chiziqda tasvirlanadi? Kichik diametri-chi? Gayka rezbasining katta diametri qanday chiziqda tasvirlanadi? Kichik diametri-chi? O’quvchilarning nazariy bilimlari aniqlanib bo’lgandan keyin,qatorlarga rag’bat kartochkalar beriladi. Yangi mavzu bayoni: Texnikada rezbali birikmalar ko’p uchraydi. Ular boltli, shpilkali, vintli birikmalar hisoblanib, shartlilik va soddalashtirilgan ko’rinishda chizish mumkin. Birikmada boltning uzunligi biriktiriladigan detallar qalinligiga bog’liq.Biriktiriladigan detallarning birini qalinligi a=25mm, ikkinchisining qalinligi b=35mm berilgan bo’lsa, ularga shayba qalinligi h, gayka balandligi H va gaykadan boltning rezbali rezbali uchi chiqib turadigan zahira k=o,25d lar yig’indisidan iborat, ya’ni bolt uzunligi L=a+b+h+H+0,25d bo’ladi. d=24mm; L=70; d1=0,85d=20,4; D=2d=48; H=0,7d=16,8; L0 =2d+6=54; c=0,10 - 0,15d; R=1,5=36. Boltli birikma sinf taxtasiga chizib ko’rsatiladi. 25,1; 25,2- chizmalar va ko’rgazmali plakatlar tahlil qilinadi. O’quvchilarning mustaqil ishlari d=30mm, birktiriladigan detallarning qalinligi a=25mm va b=35mm bo’lgan metrik rezbali boltli birikma chizmasini o’quvchilar chizadilar. O’quvchilarga individual tarzda yordam ko’rsatilib turiladi. Mavzuni mustahkamlash uchun savol-javob usuli qo’llaniladi Savollar. 1.Boltning uzunligi qanday aniqlanadi? 2.Yig’ish chizmalarida boltli birikmani qanday tasvirlash mumkin? O’quvchilar bajargan chizmalari tahlil qilinadi. Baholash: Dars yakunida qatorlarga berilgan rag’bat kartochkalar sanaladi va g’olib qator aniqlanadi. O’quvchilar faoliyatiga ballar qo’yiladi. Uyga vazifa: Mavzuni o’qish, savollarga javob yozish. Boltli birikma chizmasini chizishni davom ettirib tugallash. Shpilka formulasini o’rganib, chizmasini chizib kelish. Download 202.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling