O‘qituvchi


Download 0.96 Mb.
bet127/180
Sana02.01.2022
Hajmi0.96 Mb.
#200515
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   180
Bog'liq
O‘qituvchi

Darsning usuli:

Darsning jihozi: darslik,tarqatmalar, rasmlar, multimediya,…

Darsning borishi:

A) Tashkiliy qism.

Salomlashish,davomatni aniqlash,o‘quvchilarni darsga tayyorlash. “Kun yangiligi” rukni asosida suhbat

B) O‘tilganlarni mustahkamlash.

Uy vazifasi so‘rab baholanadi. O‘qilgan badiiy asardan parcha tahlili qilinadi.

S) Yangi mavzu.



Adabiy o‘qish

Abdulla Qodiriy

(1894-1938)

O‘zbek adabiyotining yirik namoyandasi, o‘zbek romanchiligiga asos solgan, o‘tkir iste’dod egasi Abdulla Qodiriy (Julqunboy) 1894-yil 10-aprelda Toshkent shahrida tug‘ildi. Adibning ilk ijodi «Oyna» gazetasida bosilib chiqqan «Ahvolimiz», «Millatimga», «To‘y» kabi she’rlardan boshlangan. U ma’rifatparvar va millatparvar shoir va adib sifatida maydonga chiqdi. Uning «Baxtsiz ku-

yov» nomli fojeasi, «Juvonboz», «Uloqda» kabi hikoyalarida ham o‘z xalqini savodli, bilimli, madaniyatli va ozod ko‘rish istagi sezilib turadi. Abdulla Qodiriy Moskva jurnalistlar institutida tahsil oldi. So‘ng «Mushtum» jurnalida shtatsiz muxbir bo‘lib ishlay boshladi.

Abdulla Qodiriyning birinchi o‘zbek romani. «O‘tkan kunlar» uch bo‘lim holida kitob bo‘lib nashr etildi. Yozuvchining ikkinchi tarixiy romani «Mehrobdan chayon» nashrdan chiqdi. Abdulla Qodiriy qishloq xo‘jaligi mavzusiga bag‘ishlangan «Obid ketmon» qissasini yaratdi. Biroq asarlari bilan xalq orasida yuqori obro‘ qozonib, nihoyatda katta ta’sir kuchiga ega bo‘lgan noyob iste’dod egasi Abdulla Qodiriy qatag‘on qilinib, ijodining eng gullagan vaqtida 44 yoshida otib o‘ldirildi. Uning asarlari 1956yildan keyingina yangidan nashr etila va erkin o‘qila boshlandi. Uning asarlari asosida badiiy filmlar yaratildi.

O‘zbekiston mustaqillikka erishgach, Abdulla Qodiriyning nomini abadiylashtirishga qaratilgan qator farmonlar berildi. 1990-yilda Abdulla Qodiriy nomidagi Respublika Davlat mukofoti ta’sis etildi. Toshkentdagi eng katta xiyobonlardan biri, qator ko‘chalar, maktablar, mahallalar va oliygohlar uning tabarruk nomi bilan ataladi. Uning nomi bilan yuritiladigan Toshkent davlat madaniyat institutida Abdulla Qodiriy nomidagi stipendiya ham beriladi.
D)Mustahkamlash


Download 0.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   180




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling