O‘qituvchi
Download 0.96 Mb.
|
O‘qituvchi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yulduzli tunlar” asardan parcha.
Darsning usuli:
Darsning jihozi: darslik,tarqatmalar, rasmlar, multimediya,… Darsning borishi: A) Tashkiliy qism. Salomlashish,davomatni aniqlash,o‘quvchilarni darsga tayyorlash. “Kun yangiligi” rukni asosida suhbat B) O‘tilganlarni mustahkamlash. Uy vazifasi so‘rab baholanadi. O‘qilgan badiiy asardan parcha tahlili qilinadi. S) Yangi mavzu. ”Yulduzli tunlar” asardan parcha.
Boburning Navoiyga ixlosmand ekanini sezgan me’mor unga mana shu rasmni in’om qilgan edi. Bobur «Farhod va Shirin» dostoni qatidan shu rasmni oldi-yu, shariat ilmiga oid daftarining ichiga soldi. So‘ng mudarris o‘tirgan xonaga chiqdi. Oppoq soqolli, katta oq salla o‘ragan qoshlari o‘siq keksa mudarris darsxona to‘rida, banoras ko‘rpacha ustida o‘ltirib, qur’ondan qiroat bilan suralar o‘qigach,fors tilida fiqh* ilmining qonunlarini tushuntirishga kirishdi. Bobur arab-forstillarini yaxshi o‘rgangan, qur’on suralarining ko‘pini yod bilar, ma’nosini ham tushunar edi. Ammo hozir uning ko‘z oldidan Suhrob va Farhodlarning qahramonona ishlari o‘tmoqda edi. Chorbog‘dagi mashqlar paytida tanasiga sig‘may avjlanib ketgan sho‘x, bebosh bir kuch hali ham qalbini junbishga keltirib turibdi.Unga yod bo‘lib qolgan sevimli baytlar goh turkiy, goh forsiy ohanglarda mudarris qiroatini yorib o‘tib, xayolida jaranglab eshitila boshladi: «Qoshi yosinmu deyin, ko‘zi qarosinmu deyin?» Yod bo‘lib qolgan bu satrlar xayolidan o‘tayotganda, Bobur daftari orasiga solingan suratni mudarrisga ko‘rsatmaslikka urinib sekin oldi. Ko‘zlaridan ilhom va mehr yog‘ilayotgan Navoiy uzun qora chakmon kiygan, ingichka hassaga suyangan. Uning butun qiyofasi yaxshilik istab kelgan har bir kishiga katta yaxshiliklar qila olishidan dalolat beradi. Bobur suratga qarab turib o‘zicha so‘radi: «Ulug‘ amir, nasib qilsa, huzuringizga borsam, yo‘limda Axramanu ajdaho uchrasa, Farhodingizday hammasini yengib o‘tsam. O‘shanda siz menga... she’riyat tilsimini ochg‘uvchi kalit berurmisiz?» Mudarris darslari behuda ketayotganini sezib, sekin Boburning yoniga keldi. Bobur suratni yashirishga ulgurolmadi. Odam surati? – shiddat bilan so‘radi mudarris. – Siz qur’oni sharifdan saboq eshitish o‘rniga, shariat qat’iyan man etgan suratkashlik bilan mashg‘ulmisiz. Mudarris janoblari, bu suratni menga Hirotdin keltirmishlar. Bu ulug‘ zot – Amir Alisher. Mudarris Navoiy haqida eshitgan, lekin asarlarini o‘qimagan edi. Qani bu suratni menga bering, mirzom! Mudarrisning vajohati suratni yirtib tashlashdan ham toymasligini ko‘rsatar edi.Shuning uchun Bobur suratni bermay turib oldi. Mudarris Boburdan xafa bo‘lib, Eson Davlat begimga shikoyat qilgani ketdi.Eson Davlat begim darsxonaga kirib kelganda Bobur darhol o‘rnidan turib, buvisiga salom berdi. Eson Davlat begim suratdagi Navoiy tasviriga qiziqib: Yuzlarida farishtalari bor zot ekanlar, – deb qo‘ydi. So‘ng mudarrisga dedi:– bu surat Hirotda shariat peshvolarining ruxsatlari bilan chizilgan-ku. Ma’zur tuting, hazrat xonim, Hirotda shariat qonunlari buzilmishdir. Eson Davlat begim mudarris bilan bahslashib o‘tirishni istamadi. Boburga yuzlanib: Suratni men olib ketay. Bobur suratni buvisidan bir nafasga so‘rab oldi-yu, avaylab kitob orasiga solib berdi. Ehtiyot qilingiz, sizga orzuyimni topshirdim,– dedi. Eson Davlat begim nevarasining so‘zlarini yoqtirib dedi: Balki Alisherbekni Andijonga taklif qilursiz. Kelurmikanlar? – ko‘zlari yonib so‘radi Bobur. Samarqandga kelganlar-ku, Farg‘ona vodiysining ta’rifi olamga mashhur. Iloj topsalar, albatta, kelurlar. Alisherbek nihoyatda pok, avliyo tabiat odam, deb eshitganmiz. O‘zlari kelsalar, mudarris janoblariga ham manzur bo‘lishlari shubhasiz! Mudarrisning endi sal chehrasi ochildi. Qaddini tiklab: Shoyad shunday bo‘lsa! – deb qo‘ydi. Eson Davlat begim ularni ustalik bilan yarashtirganidan mamnun bo‘lib darsxonadan chiqdi. D)Mustahkamlash Savol va topshiriqlar ustida ishlash F)baholash. Download 0.96 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling