O’qo’v qo’llanma Oliy o’quv yurtlararo ilmiy-uslubiy birlashmalar faoliyatini Muvofiqlashtiruvchi Kengash Prezidiumi tomonidan nashr etishga tavsiya qilingan


Download 0.59 Mb.
bet108/123
Sana05.04.2023
Hajmi0.59 Mb.
#1275370
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   123
Bog'liq
Korxona iktisodiyoti. E.Egamberdiyev

«Mutaxassis tushunchasi» - kadrlar kasbi doirasidagi mexnat taqsimoti ta’sirida yuzaga keladi. «Mutaxassis» - degani kishining tor doiradagi ishni bajarish uchun bilimlari va maxoratlari yig’indisini ifoda etadi.
«Malaka» - qandaydir kasb, mutaxassislik bo’yicha ishlarni bajarish uchun zarur bo’lgan bilimlar va mehnat maxoratlari darajasidir.
Kadrlar bilan ta’minlash, ayniqsa qayta ishlash sanoati korxonalarida ancha murakkab va ko’p qirrali.
Bu masalani xal qilish birinchi galda xodimlar miqdori va sifati bo’yicha tarkibini aniqlashni talab etadi. Buning uchun maxsulot ishlab chiqarish yoki qandaydir ishlarni bajarish uchun zarur bo’lgan ish vaktini aniqlash kerak bo’ladi. «Zarur bo’lgan
ish vao’tini» aniqlash texnik-tashkiliy va ijtimoiy omillar guruhiga bog’liqdir. Bu guruhlar tarkibida ish vao’ti miqdorini belgilovchi, unga ta’sir qiluvchi juda ko’p va xilma-xil shart-sharoitlar mavjud. Ularni ta’sirini hisobga olgan holda «zarur bo’lgan ish vao’tini» aniqlash har bir ish joyida, barcha mehnat jarayonlari ishlab chiqarish iqtisodiy va texnik jihatdan tashkil etilishining imkoniyatlarini xar tomonlama taxlil qilish zarurdir. Kerak bo’lgan ish vao’ti miqdori shuningdek mehnat intensivligi darajasi bilan ham bog’liq, bu esa ish vao’tining mehnat sarfi me’yorini (normasini) to’g’ri belgilashni taqozo etadi.
Xarajat normalarining to’g’riligi darajasi (tarangligi) odatda ularni bajarish
koeffitsienti yordamida topiladi. Agar ish vao’tining normasi yuqori bo’lsa normalar bo’sh qo’yilgan bo’ladi, past bo’lsa normalar tortilgan, to’g’ri qo’yilgan hisoblanadi.


Umuman bu muammo shunday hal qilinishi kerakki, bunda har bir ishchi uchun normal darajadagi mehnat yuki ta’minlanishi lozim. Bunda albatta bir qancha omillar ta’siri hisobga olinadi.
Ushbu masala yuzasidagi muammolar maxsus ilm sohasi bo’lgan «Mexnat
iqtisodiyoti va normalashtirish» fanida o’rgatiladi va xal etish yo’llari qo’rsatiladi. Bugungi kunda iqtisodiy bilimlarning ana shu eng muhim sohasi oliy o’qo’v yurtlari tomonidan unutilgan.
Korxonalarni ish kuchi bilan ta’minlashdagi muammolarning ikkinchi - ishlab chiqarishga jalb etika etganlarning malakasi tarkibini aniqlashdir.
Buni aniqlash «mehnat sifatini» baholashga asoslanadi. «Mehnat sifati» tushunchasi mehnat murakkabligi va uni bajarish masuliyatini ifodalaydi. Umuman olganda, bu aniq turdagi bir-biridan farq qiladigan mehnat faoliyati sifatidir.
Mehnat iqtisodiyotida «murakkab mehnat» tushunchasi ham alohida o’rin tutadi.
«Murakkab mehnat» («mehnat murakkabligi») oddiy mehnatni ko’paytmasi, malakali mehnat xarajatlari, ya’ni bir xil vao’t mobaynida (soat, ish smenasi) ko’proq qiymatga ega bo’lgan maxsulot yaratish; unumli mehnat sifatida qaraladi.
«Mehnat murakkabligi» ga quyidagi talablar quyiladi:
  • mehnat buyumlari xususiyatidan kelib chiqadigan talablar: xom’ashyo, materiallarning moddiy va konstruktiv xususiyatini bilish, ularni xarajat miqdorini (me’yorini) bilish;
  • ish bajarish usullaridan kelib chiqadigan talablar: mustaqil bo’lish, masuliyatli, tajribali bo’lish va boshqalar.



Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling