Har bir korxona o’zining huquqiy maqomiga ega. Unda korxona o’z ishini qanday boshlashi kerak, soliqlarni qachon, qancha miqdorda to’lashi zarur va xokazolar qo’rsatiladi. Davlat korxona uchun uning faoliyatini tartibga soluvchi, uni himoya qiluvchi, boshqaruvchi bo’g’in bo’lib yuzaga chiqadi. Davlat korxona faoliyatining huquqiy normalarini belgilaydi, korxona faoliyatiga ma’lum darajada ta’sir qo’rsatadi. Davlat yakka xokimlikka qarshi siyosat olib borib ayrim kuchsiz korxonalar raqobatda sinib qolmasligi, ayrim xil xom ashyo, maxsulotlar baxosi oshib ketmasligini oldini olib, ularni tartibga solib turadi.
Davlat pul va kredit siyosati yordamida investitsiyaga bo’lgan talab va taklif nisbatiga, uni tuzilishiga ta’sir o’tkazadi; Investitsiya talab qiluvchi tovarlar bozorida
investorlarni xatti-xarakatlari strategiyasini belgilaydi. Iqtisodiyotning holatiga
(inflyatsiya darajasi, byudjet tizimidagi kam’yoblik, ishlab chiqarishning tuzilish holati va xokazolarga) qarab bozorni boshqarishning u yoki bu kontseptsiyasi qo’llaniladi. Har qanday kontseptsiya quyidagi maqsadlarga qaratiladi:
pirovard maqsadlarga erishishga (milliy daromadni qsishi, aholini ish bilan band bo’lishi, inflyatsiya suratini pasayishi…); oraliq maqsadlar (kapitalga bo’lgan talab va taklifning nisbati, stavka foizlari, pul massasining dinamikasi va boshqalar)
Shunday qilib korxona faoliyatiga ta’sir etuvchi tashqi omillar quyidagilar:
- Davlat;
- Xom ashyo etkazib beruvchilar;
- Iste’molchilar;
- Raqobatchilar (bunda bozor ham korxona uchun raqobat muhiti bo’ladi);
- Iqtisodiyotning xolati;
- Iqtisodiy qsish;
- To’lov balansi;
- Axolini ish bilan bandlik darajasi;
- Texnik va texnolagik muhit;
- Iqtisodiy;
- Siyosiy;
2-chizma.
Korxona faoliyatiga ta’sir etuvchi tashqi muhit (makromuxit) omillari
Asosiy iboralar va tushunchalar
- Bozor - bu tovar ayirboshlash sohasi bo’lib, bunda tovarlarga bo’lgan talab, taklif va ularning bahosi shakllanadi. Bozorning amal qilishi ikki asosiy qonunga bo’ysinadi: qiymat qonuni, hamda talab va taklif qonuniga.
- Bozor iqtisodiyoti - bu bozor munosabatlariga asoslangan xo’jalik hayotini ifodalovchi tashkilot, tizim va holat.
- Bozor munosabatlari - tovar muomalasi, ya’ni tovarni pulga, pulni tovarga ayirboshlash yo’li bilan ishlab chiqaruvchilarni daromad olishdagi manfaatdorligiga asoslangan iqtisodiy munosabatlardir. Bozor munosabatlari uchun tovar ishlab chiqaruvchilarni mustaqilligi erkinligi, bahoni erkin, ixtiyoriy shakllantirish, ishlab chiqaruvchilar raqobati va ularni iste’molchiga yqnaltirilganligi xos bo’ladi.
- Pozitiv iqtisodiyot - iqtisodiyotni bor bo’lgan (bo’ladigan) haqiqiy holatini o’rganadi va sub’ektiv ravishda iqtisodiyotga baho berishdan ozoddir.
- Normativ iqtisodiyot - sub’ektiv shaxsiy fikrlashlar asosida ma’lumotlar beradi; u nima bo’lishi kerakligini qo’rsatadi.
Raqobatchilar (raqobat tarkibi, xolati, dinamikasi)
DAVLAT (fan, madaniyat, ta’limi)
Iqtisodiy xolat
Texnikologik xolat
Korxona
Xom-ashyo etkazib beruvchilar
Iste’molchilar (bozor imkoniyatlari, tuzilishi, segmentlari,xolati, unga ta’sir etuvchi omillar…)
Ijtimoiy xolat
Siyosiy xolat
- Aralash iqtisodiyot - bu erkin bozor iqtisodiyotidir. Bunday tizimda iqtisodiy qarorlar uy xo’jaliklari, korxonalar tomonidan ularni bozordagi o’zaro aloqadorligi, bir- biriga ta’siri jarayonida davlat aralashuvisiz qabul qilinadi.
- Bozor kon’yukturasi – ma’lum davrda shakllangan bozor holati (baho darajasi, talab hajmi, xaridorlarning mavjudligi va x.k.).
- Korxona - mehnatkashlar mulkidan foydalanish asosida mahsulot ishlab chiqarib, uni iste’molchiga sotadigan yoki sanoat xarakteridagi turli xil xizmat ishlarini bajaradigan yuridik shaxs huquqiga ega bo’lgan mustaqil xo’jalik sub’ektidir.
- Marketing - bu talab va ehtiyojni yo’li bilan qondirishiga qaratilgan kishilar faoliyatini bir turidir.
- Sanatsiya - korxonalarni inqirozga yuz tutayotgan vao’tida moliyaviy- texnikaviy yordam qo’rsatish.
- Multiplikator - bilimlarni tarqatish, o’qitish.
- Tantema - (frantsuz. - ulush, qism) korxona va banklarning sof foydasi hisobidan olinadigan, asosan, boshliqlarga hamda firmaning yuqori tabaqa xizmatchilariga to’lanadigan qo’shimcha haq, mukofot.
- Imidj - obrq, tashqi qo’rinishi.
- Mentalitet - bilimlarning o’rtacha darajasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |