Nazorat savollari
Korxona tuzilishi haqida axborot. Korxonaning ishlab chiqarish tuzilishiga ta’sir etuvchi omillar. Bozor sharoitida korxona tuzilishini o’zgartirish yo’llari va mexanizmlari.
IV-BOB. KORXONADA ISHLAB CHIQARISHNI TASHKIL ETISH
4.1. Ishlab chiqarishning ijtimoiy xayotdagi o’rni va iqtisodiy ahamiyati
Keng ma’noda ishlab chiqarish deganda kishilarning to’g’ridan to’g’ri moddiy ne’matlarga bo’lgan talabini qondirishga qaratilgan har qanday faoliyati tushuniladi. Kishilik faoliyatining turli hil tomonlari, masalan chorvachilik, dehqonchilik bilan shug’ullanishi, erga ishlov berish, sanoat mahsuloti ishlab chiqarish uchun xom’ashyoni qayta ishlash. Xozirgi zamon fanida “ishlab chiqarish” tushunchasi turli xil moddiy ne’- matlarni ishlab chiqarish faoliyati bilan kifoyalanib qolmay, balki fuqarolar, butun jamiyat uchun davlat darajasidagi xizmatchilarini, bankiralari, advokatlari, o’qituvchilar, tibbiyot xodimlari, olimlar va boshqalarni turli xildagi xizmat qo’rsatish jarayonlarini o’z ichiga oladi.
Iqtisodiy nuo’tai nazardan ishlab chiqarish ishtimoiy takror ishlab
chiqarishning quyidagi to’rtta bosqichidan biri hisoblanadi: Ishlab chiqarish- taqsimlash-ayirboshlash-iste’mol.
Ishlab chiqarish takror ishlab chiqarishning boshqa bosqichlariga qaraganda
birinchi o’rinda turadi va xal qiluvchi ahamiyatga ega bo’ladi.
Ishlab chiqarishni jamiyatni rivojlanishidagi eng asosiy omil ekanligini birinchi bor dunyo iqtisodiyotida ingliz siyosiy iqtisodi klassiklari bo’lgan U.Petti, A.Smit, D.Rikardolar va frantsuz fiziokratlari F.Kene, A.R.Tyurgo, V.Mirabo, P.Dyupon, De Nemurlar ajratgan.
Iqtisodiy faoliyatning maqsadi nima deganda - bu umuman narsalarni ishlab chiqarishni ko’paytirish emas, balki foydali, qimmatga ega bo’lgan (tsennost veshchey) ne’matlari, ya’ni kishilar nimani qadrlasalar shuni ishlab chiqarishni ko’paytirish zarur. Ne’matlarni qimmati esa ayirboshlash jarayonida yuzaga chiqadi.
Ayirboshlashda turli xil qimmatga ega bo’lgan narsalar ayirboshlanadi, chunki bozordagi ishtirokchilar ayirboshlash uchun bozorga keltirilgan buyumlarning foydaliligini turlicha baxolaydilar. Har bir tomon o’zi uchun uncha qimmatga ega bo’lmagan narsalarni qimmati ko’proq bo’lganlariga ayirboshlash qiladilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |