O’qo’v qo’llanma Oliy o’quv yurtlararo ilmiy-uslubiy birlashmalar faoliyatini Muvofiqlashtiruvchi Kengash Prezidiumi tomonidan nashr etishga tavsiya qilingan


Download 0.59 Mb.
bet25/123
Sana05.04.2023
Hajmi0.59 Mb.
#1275370
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   123
Bog'liq
Korxona iktisodiyoti. E.Egamberdiyev

Ishlab chiqarishning tuzilishi
Yordamchi ishlab chiqarishlar
Kotelniy tsex
Mexanika tsexi
Duradgorlik tsexi
Idishlar tsex (Taralar) ishlab chiqaruvchi
Energetika xo’jaligi
Yuklarni tashish va saqlash xo’jaligi
chiqarishdagi ishtirokiga qo’ra ajratiladi. Masalan, mashinasozlikda asosiy hisoblangan mexanika tsexi engil va oziq-ovqat sanoati korxonalarida yordamchi tsex vazifasini bajarib – asbob-anjomlar ishlab chiqaradi; maxsus ixtisoslashgan remont korxonasida remont xo’jaligi yordamchi emas asosiy tsex deb hisoblanadi.
Xizmat qo’rsatuvchi tsex - asosiy va yordamchi tsexlar faoliyatining uzluksiz ishlashi uchun zarur sharoit yaratadi. Bular transport va ombor xo’jaligi sifatida tashkil etiladi.
Maxsus tsex va uchastkalar asosiy ishlab chiqarish chiqindilaridan xalq iste’moli buyumlarini tayyorlaydilar. Ayrim korxonalarda maxsus tsex va uchastkalar turli buyumlar va idishlar tayyorlash bilan shug’ullanadi.
Sanoat korxonalarining ishlab chiqarish tuzilishining texnologik, buyumli, texnologik-buyumli turlari qabul qilingan.
  • Texnologik tarkibdagi ishlab chiqarish tuzilmasida tsexlar va bo’linmalar

  • texnologik turdoshlik tarzida tashkil etiladi. Bunda har qaysi tsex bo’linmalar umumiy texnologik jarayonining ayrim qismini bajarishga ixtisoslashgan bo’ladi. Masalan, mashinasozlik korxonalarida: quyuv, mexanik, yig’uv tsexlari, frezerlik, tokarlik, parmalash bo’g’inlari; to’qimachilik korxonalarida: yigiruv, tikuv, pardozlash tsexlari shakllangan. Bunday korxonalarda tsexlarni texnologik ixtisoslashishi boshqarishni osonlashtiradi. Lekin, har qaysi ishlab chiqarish bo’g’inida ko’p turli mahsulotlar ishlab chiqariladi, bir mahsulot ishlab chiqarishdan boshqalariga o’tiladi, jihozlarni qayta sozlashga to’g’ri keladi, natijada ish vao’tining ko’p qismi bekorga ketadi. CHunki mahsulot turini almashishida jarayonlar tarkibi va ketma-ketligi o’zgaradi, tsex ichidagi uzatish jarayonlarining uzunligi, davri ortadi, yqnalish tarzi buziladi, tsexlararo hamkorlik murakkablashadi.
    Asosiy tsexlarni texnologik jixatdan ixtisoslashtirilganda tayyorlanadigan
    mahsulotlar turlari xilma-xil bo’lib, ular o’zgaruvchan bo’ladi. Albatta bunday sharoitda ishlab chiqarish unumdorligi pasayadi. Katta hajmdagi bir xil turdagi yoki cheklangan mahsulot tayyorlanadigan korxonalarda esa ishlab chiqarishni buyumli tuzilishi qo’llaniladi.
  • Korxonaning buyumli tuzilishi texnologik tuzilishiga nisbatan qator afzalliklarga ega. Buday sharoitda ma’lum xil buyum, yoki ularning ma’lum qismlari tayyorlanadi, ular shunga ixtisoslashgan bo’ladi. Ishlab chiqarish tuzilishini bunday sharoitida ixtisoslashtirish chuqurlashadi, yangi texnikani joriy etishga, avtomatlashtirishga qulay sharoit yaratiladi, ishlab chiqarish jarayonining yqnalishi jonlanadi, potok usulini qo’llashga imkon yaratiladi, ishlab chiqarish jarayonining uzunligi, davomiyligi qisqaradi. Natijada mehnat unumdorligi oshadi, mahsulot tannarxi pasayadi.
  • Bir turli mahsulot hajmi etarlicha bo’lmagan xollarda korxonalar aralash yoki buyumli - texnologik tartibda tashkil etiladi. Bu xolda tayyorlov tsexlari texnologik tarzda tuziladi, qayta ishlovchi va tayyor mahsulot ishlab chiqaruvchi tsexlar va buyumlar bo’yicha ixtisoslashadilar. Mahsulotni ko’p ishlab chiqaradigan mashinasozlik korxonalarida (tayyorlov, quyuv, temirchilik) yig’uv tsexlari odatda texnologik tartibda tuziladi. Bunday turdagi korxonalar poyabzal, tikuvchilik maxsulotlari va uy-ro’zg’or anjomlarini ishlab chiqarish sanoati korxonalarida salmoqli o’rnini egallaydi.


Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling