Ishlab chiqarish faoliyatining pirovard natijalari - mahsulot xajmini ko’payishi, mehnat unumdorligini, foyda va daromadni qsishi, mahsulot sifatini yaxshilanishi, ishlab chiqarish xarajatlarini kamayishi va xodimlarning mehnat haqi to’lovlarini ko’payishi, ijtimoiy ahvolini yaxshilanishi eng avvalo ishlab chiqarishni tashkil etish darajasiga bog’liq. Korxonada a’lo sifatdagi texnologiya, malakali ishchi- xizmatchilar, kerakli xomashyo materiallar bo’lib ulardan foydalanib mahsulot ishlab chiqarishni yaxshi tashkil etilmasa resurslar isrof bo’ladi, qo’yilgan maqsadga erishib bo’lmaydi.
SHuning uchun ishlab chiqarishni tashkil etish moddiy ne’matlar yaratishning eng muhim shartlari biri bo’lib yuzaga keladi.
Ishlab chiqarishni oqilona yoki ratsional darajada tashkil etishning eng muhim xozirgi zamon usullari quyidagilar:
Mahsulotni o’xshash, bir xil turdagilarini ishlab chiqarishni cheklash va ko’plab, ommaviy ravishda ishlab chiqarishni yo’lga qo’yish; Ishlarni bajarishni ishlab chiqarishning barcha bosqichlarida (fazalarida) bir vao’tning o’zida olib borishni ta’minlash, ya’ni paralellik;
Parallellik - buyumlarni ishlab chiqarishni operatsiyalar bo’yicha bir vao’tda bajarishdir. Bunday sharoitda mahsulot ko’plab ishlab chiqariladi.
Uzluksizlik sharti - ishlab chiqarish jarayonlarini tqxtovsiz tanaffussiz, uzilishlarsiz borishini ifodalaydi.
Ishlab chiqarish uchastkalari, tsexlardagi ishlarni mutanosibligini (propartsionalligini) ta’minlash;
Proportsionallik printsipi - ishlab chiqarish jarayonlari-ning hamma ishlab chiqarish bo’g’inlari (asosiy va yordamchi tsexlar, uchastkalar, uskunalar gruppasi va ish joyining ishlash qobiliyatini (vao’t birligida mehnat unumborligining nisbati) bir-biriga
o’zaro aniq mos kelishligidir. Agar bu qoidalarga amal qilinmasa, nomutanosibliklar natijasida «tor joylar» yuzaga keladi, bu esa o’z navbatida mahsulot ishlab chiqarishning
ko’payishiga tqsqinlik qiladi.
Proportsionallik sanoat korxonalarini kompleks mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish asosida ham ta’minlanadi.
Ishlab chiqarish jarayonida mehnat buyumlari xarakatini tazlashtirish; Sinxronlash – bu operatsiyalarni vao’t jixatdan tengligini ta’minlashdir.
Ishlab chiqarish jarayonini sinxorlash quyidagi tadbirlardan iboratdir:
- og’ir ishlarni bajarishda vao’tini qo’shimcha ish joylari tashkil etib operatsiyalar tenglashtirish;
- mehnat buyumlarini operatsiyalararo va liniyalararo tashish vao’tlarini tenglashtirish;
v) ish joyiga xizmat qo’rsatishni yaxshilash va ishchilarning dam olish bo’yicha, ishlardagi tanaffuslarini tenglashtirish;
g) mehnat buyumlarining potok yo’lidagi siljishi jarayonining tugashi bilan ularni tashish vao’tlarini bir-biriga moslash.
Ushbu shartlardan xatto bittasiga rioya qilinmasa ham ishlab chiqarish jarayoni to’la sinxronlashmaydi.
6. Ishlab chiqarishdagi mq’tadillik (ritmiylik) teng vao’t ichida bir xil miqdorda mahsulot ishlab chiqarish yoki aksincha. Ishlab chiqarishning mut’tadilligi avtomatlashtirish uchun sharoit yaratadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |