O’qo’v qo’llanma Oliy o’quv yurtlararo ilmiy-uslubiy birlashmalar faoliyatini Muvofiqlashtiruvchi Kengash Prezidiumi tomonidan nashr etishga tavsiya qilingan


Korxonada ishlab chiqarish jarayonlari


Download 0.59 Mb.
bet36/123
Sana05.04.2023
Hajmi0.59 Mb.
#1275370
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   123
Bog'liq
Korxona iktisodiyoti. E.Egamberdiyev

4.4. Korxonada ishlab chiqarish jarayonlari
Korxona faoliyatining asosini ishlab chiqarish, jarayoni tashkil etadi.
Qazib chiqarish sanoatida mahsulot ishlab chiqarish jarayoni bo’lib mineral hom’ashyoni qazib chiqarish va yoqilg’ini tabiiy zahiralardan olish; qayta ishlash sanoatida - homashyoni qayta ishlab iste’molga yaroqli mahsulot ishlab chiqarish.
Asosiy mahsulot ishlab chiqarishdagi ishtirokiga qarab ishlab chiqarish jarayoni
asosiy jarayonlarga, yordamchi va xizmat qo’rsatuvchi jarayonlarga ajratiladi.
Asosiy jarayonlarga to’g’ridan to’g’ri xomashyo; materiallarni rejada qo’rsatilgan turdagi tayyor mahsulotga aylantirish jarayonlari kiritiladi.
Masalan, mashinasozlik korxonalarida - chqyan, pqlat eritmalaridan quyilgan ma’lum xil shakldagi buyumlar, ularga mexanik ishlov berish, termik ishlov berish, shtampovka, bo’yash va boshqalar.
g’rdamchi va xizmat qo’rsatuvchi jarayonlarga asosiy ishlab chiqarishga xizmat qo’rsatuvchi jarayonlar kiradi. Masalan, asbob-anjomlar, uskunalar, energiya bilan ta’minlash, transport xizmati qo’rsatish, ya’ni barcha xizmatlar va shuningdek ishlab chiqarishga aloqador bo’lmagan xizmat ishlari - ombor xo’jaligi, lobaratoriya xizmati, transport xizmati, ta’minot va tayyor mahsulotni iste’molchiga etkazish (sotish) xizmati, jarayonlarni nazorat etish va boshqalar.
Asosiy ishlab chiqarish bir qancha fazalarga bo’linadi:
  • Tayyorlov
  • Qayta ishlash
  • Yig’uv (ishlov berish) yoki tayyor mahsulot ishlab chiqarish.

  • Metallurgiyada – domna, marten va prokat ishlab chiqarish jarayonlari; poyafzal fabrikalarida - bichish va tikish (yig’im) jarayonlari va shunga o’xshashlar.
    Masalan kabel ishlab chiqarish korxonasida: Birinchi - tayyorlov jarayoni bo’lib kabellarni tortish, izolyatsiya qilish; Ikkinchi - qayta ishlash jarayoni - o’rash va bronirovka qilish. Uchinchi jarayon - shlang kiygizish, sinab qo’rish ishlari amalga oshiriladi.
    Har bir fazalar o’z navbatida xususiy jarayonlardan tashkil topadi. Ular mahsulot tayyorlash bo’yicha nisbatan tugallangan jarayon hsoblanadi. Masalan, mashinasozlikda quyuv tsexida - metalni eritish, er formalarini tayyorlash, unga quyish, sterjenlar tayyorlash va h.k.

    Download 0.59 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling