Partiyadagi maxsulot hajmining qsishi tugallanmagan ishlab chiqarishning va
aylanma mablag’larning o’zgarishiga bog’liq. Mahsulot partiyasining hajmini aniqlayotganda tayyorlash-yakunlash va mahsulot birligini tayyorlashga sarflanadigan vao’t orasidagi nisbat birdan-bir asosiy omil hisoblanadi, chunki u uskunalardan foydalanish darajasiga sezilarli ta’sir etadi. Partiyadagi buyumlar sonini quyidagi formula yordamida aniqlash mumkin:
Pk =
tòя täîîí Êñ
bu erda: ttya - ishlab chiqarishni tayyorlash-yakunlash bo’yicha partiyadagi buyumlarga sarflanadigan vao’t (min, soat);
tdona - mahsulot birligini tayyorlashga sarflanadigan vao’t (min, soat);
Ks - sozlash koeffitsienti (tayyorlash-yakunlash vao’tining partiyadagi detallarni ishlab chiqarishga sarflangan vao’tga nisbatan).
Asosiy iboralar va tushunchalar
1. Ixtisoslashtirish - bu alohida ishlab chiqarish uchastkalari tsexlar, korxonalar va tarmoqlarni o’xshash bo’lgan mahsulotlarni ishlab chiqarishda kqchirishdir.
- Kooperativlashtirish – bu korxona va tarmoqlarning bo’sh turgan ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish maqsadida, ular o’rtasida o’rnatilgan doimiy ishlab chiqarish aloqadorligidir.
- Kontsentratsiyalashtirish - bu mayda, bir xil o’xshash mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonalarni yiriklashtirishdir.
- Kombinatlashtirish – bu turli xil sanoat tarmoqlariga mansub bo’lgan ishlab chiqarishlarni xomashyo resurslaridan to’liq foydalanish maqsadida bir kombinatga tqplanishidir.
- Ishlab chiqarish jarayoni – bu xomashyo materiallarni tayyor mahsulotga aylantirish bilan bog’liq bo’lgan jarayonlar yig’indisidir.
- Ishlab chiqarish davri – bu xomashyo materiallarni tayyor mahsulotga aylantirish uchun ketgan vaq miqdoridir.
Nazorot savollari
- Iqtisodiy faoliyatning maqsadi nima?
- Ishlab chiqarishni tashkil etish shakllari, ularning mohiyati.
- Ishlab chiqarishni tashkil etish qoidalari, tiplari, usullari, turlari va ularning mohiyati.
- Bir me’yorda ishlab chiqarishni tashkil etish va uning darajasini aniqlash.
- Korxonada ishlab chiqarish jarayonlari, fazalari.
- Korxonada mahsulot qiymatini yaratish bosqichlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |