Bozor munosabatlari rejalashtirish ishlariga yangicha yondashish kerakligini ob’ektiv zaruriyat qilib qo’yadi. Avvalo, shuni aytish kerakki reja tuzish
zaruriyati turli xil sabablar bilan belgilanadi. Ularning asosiylari quyidagilar:
- kelajakni noaniqligi;
- rejani boshqaruvdagi ahamiyati;
- iqtisodiy natijalarni (oqibatlarni) optimallashtirish
Ґaqiqatda ham, agar korxona yoki qandaydir kompaniyaning kelajagi aniq bo’lganda edi, doimo reja tuzib borishga xojat qolmas edi.
Rejalashtirish vazifalari quyidagilar:
- Raqobatchilarga qaraganda korxonaning moliyaviy barqarorligi, kapitalining yanada rentabelligi darajasini ta’minlash;
- Yuqori darajada raqobatbardosh mahsulot sotish, ish bajarish, xizmat qo’rsatish hajmini ko’paytirish va bozorda korxona salmog’ini oshirish.
- Yangi ish joylarni yaratish respublikamizda ijtimoiy rivojlanishni ta’minlash uchun jahon xamjamiyatida davlatimiz obrq-e’tiborini oshirish. Rejalashtirish jarayonida quyidagi printsiplariga amal qilish zarur.
- Rejalashtirishda uzluksizlikni ta’minlash;
- Optimallik;
- Tejamkorlik;
- Bozor talabiga moslashishi (o’zgaruvchanlik);
- Korxona rejasi bilan uning ishlab chiqarish bo’g’inlari rejasining yagonaligini ta’minlash;
- Zarur sohalarni ajratish;
- Kompleks rivojlanishini ta’minlash.
Rejalashtirish o’z mohiyati (predmeti) bo’yicha maxsulot xajmi, marketing ishlari va uni sotish, xodimlar soni va ish xaqi, korxona quvvati, ishlab chiqarish xarajatlari, xarajatlar va daromad, foyda kabi qo’rsatkichlardan iboratx.
Rejaning mohiyati 40 ga yaqin qo’rsatkichlar yordamida, yoritiladi va bu qo’rsatkichlar bo’yicha vazifalar qabul qilinadi, korxona faoliyati tahlil qilinadi va baholanadi.
Reja qo’rsatkichlari:
- Natural va qiymat qo’rsatkichlari;
- Miqdoriy va sifat qo’rsatkichlari;
- Sintetik va analitik (xususiy) qo’rsatkichlari guruhiga ajratiladi;
- Miqdoriy qo’rsatkichlar - maxsulotning umumiy xajmi-tovar maxsuloti, yalpi maxsulot, xodimlar soni, foyda, daromad miqdori va x.k. lar;
- Sifat qo’rsatkichlar - ishlab chiqarish rentabelligi, maxsulot sifati (uning qo’rsatkichlari bo’yicha), fond qiymati fond rentabelligi va boshqalar;
Masalan,
kapital
- Maxsulot birligi uchun metall xarajati, quvvat birligi uchun qo’yilmasi;
- Natural qo’rsatkichlar - maxsulot turi, navi, sifati bo’icha miqdori;
- Mehnat unumdorligi, ish haqi.
Do'stlaringiz bilan baham: |