Norma va normativlar quyidagi guruhlarga ajratiladi:
Mehnat (ish vao’ti) bo’yicha normativlar; Mehnat vositalari (asosiy kapital) dan foydalanish normativi; Mehnat buyumlaridan (aylanma kapitaldan) foydalanish normativi; Ishlab chiqarish jarayonini tashkil etish normativlari. Bular - ishlab chiqarish davri, tugallanmagan ishlab chiqarishlarni yil oxirida va yil boshidagi koldig’i, xom’ashyo materiallarining ombordagi qoldiq me’yori va boshqalar. Mahsulot sifatining normativi (me’yori). Bu yangi mahsulot turlari miqdorini umumiy mahsulot xajmidagi salmog’i, oliy sifatdagi mahsulotlar salmog’i, mahsulot tarkibidagi foydali moddalar me’yori, buyumlarning chidamliligi pishiqligi va x.k. Ishlab chiqarish sarf-xarajatlari normativi, rentabellik normasi. Yangi loyixadagi ishlab chiqarish quvvatlarini o’zlashtirish normativi. (Tsexlar, korxonalar quvvati, agregatlar, dastgohlar quvvati).
Norma deb mahsulot yoki ish birligiga ma’lum sharoitlarda xom’ashyo, materiallar energiya va ish vao’tini (mehnatni) eng ko’p sarf qilish mumkin bo’lgan miqdoriga aytiladi. Belgilangan me’yordan, normadan ortiqcha sarf qilish mumkin emas. Normativ miqdorlar esa ishlab chiqarish vositalaridan (kapitaldan)
foydalanish darajasini, ularni mahsulot og’irligining, xajmining xar birligiga to’g’ri keladigan xarajat miqdorini ifodalaydi Xarajat normalari mehnat sharoitlarini
yaxshilanishi, yangi zamonaviy texnologiyalarni ishlab chiqarishga kiritilishi bilan unumsiz mehnat xarajatlar, chiqindi va isroflarni kamayishi hisobiga nisbatan kamayib boradi. Unumdorlik normalari esa oshib boradi. SHundagina ular ilg’or fan-texnika taraqqiyoti yutuqlarini o’zida tqplagan bo’ladi.
Rejalashtirishda bir qancha usullar ishlatiladi:
Balans usuli Maqsadli – dastur, loyixa tuzish. Iqtisodiy matematik usuli.
1-Misol. Moddiy resurslar balansi, talabni resurslarga mos kelishini, tengligini qo’rsatadi. Agar rejalashtirish jarayonida shu tenglikni yo’qligi yuzaga chiqsa u holda talabni kamaytirish yoki qo’shimcha resurs olish imkoniyatlarini qidirish, topish lozim, rejani balanslashtirish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |