5.3. Korxonada strategik rejalashtirish
Genri Ford 1926 yili o’zining «Bugun va erta» nomli kitobida «o’z korxonasida industrializatsiyalashtirishni o’zining chiqqisiga chiqaradigan kelajakning ishlab chiqarish tizimini yaratganligini» faxr bilan yozgan edi. Korxonadan tayyor avtomobilni ishlab chiqarguncha ketgan vao’t atigi 81 soatni tashkil etar edi. U iqtisodiy, texnologik va ijtimoiy-siyosiy sharoitlarga optimal darajada mos keladigan, ayrim hollarda ularni rivojlanishidan ham yuqori keladigan tizimni yaratdi.
Genri Ford erishgan yutuqlarni uni fikrlash, strategik rejalashtirish va boshqarish qobiliyati bilan izohlash mumkin. Bunday qobiliyatga ega bo’lgan kishilar haqida ularga tabiat qo’ra bilish qobiliyatini in’om etgan deydilar.
Ishlab chiqarishga rahbarlik qilish jarayonida bunday uzoqni qo’ra bilish oldinmi kechmi reja shaklini qabul qilish uchun asos bo’lib qoladi.
Xo’jaliklar faoliyatini rejalashtirishsiz, uning maqsadini amal qilish va rivojlanish yqnalishlarini, printsiplarini aniqlamasdan har qanday boshqaruvni amalga oshirish mumkin emas. Jamiyatning har qanday tizimida rejalashtirish boshqarish tizimining umumiy funktsiyalarining (vazifalarining) asosi bo’lib qoladi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida turli xildagi korxona va xo’jaliklarning kelajagi haqida g’amxo’rlik qilish, ularni faoliyat qo’rsata olishi va rivojlanishi yqnalishlarini tanlash to’liq va butunicha shu korxonaning menedjerlari zimmasiga tushadi. Strategik rejalashtirish va boshqarish vazifalari muhim ahamiyatga ega bo’ladi.
Strategik rejalashtirish uzoq davrga mqljallangan bo’lib korxonaning ishlab chiqarish faoliyati ko’lami va sohalarining sifat darajasini yoki umumiy miqdorini yanada oshirish bo’yicha maqsad va vazifalarini shakllantirishni nazarda tutadi.
«Strategiya» deganda korxona faoliyatining maqsadlari va unga erishish vositalari majmu’asini tushuniladi. Adabiyotlarda «Strategiya» tushunchasiga hozirgi
vao’tda bir xil yondoshish yo’q.
Strategik rejalashtirish korxonani uni o’ziga unchalik aniq bo’lmagan tashqi muhit va omillar, ularning o’zgaruvchanligi bilan bog’liq bo’lgan ob’ektiv sabablar tufayli paydo bo’ldi... Korxona faoliyatiga ta’sir etuvchi tashqi omillar haqida yuqorida aytilgan edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |