O’qo’v qo’llanma Oliy o’quv yurtlararo ilmiy-uslubiy birlashmalar faoliyatini Muvofiqlashtiruvchi Kengash Prezidiumi tomonidan nashr etishga tavsiya qilingan
Download 0.59 Mb.
|
Korxona iktisodiyoti. E.Egamberdiyev
- Bu sahifa navigatsiya:
- Strategik rejalashtirish
- VI-BOB. MAHSULOT ISHLAB CHIQARISH VA UNI REALIZATSIYA QILISH 6.1. Mahsulot ishlab chiqarish rejasining mohiyati va qo’rsatkichlari
Asosiy iboralar va tushunchalar:
Nazorat savollari
VI-BOB. MAHSULOT ISHLAB CHIQARISH VA UNI REALIZATSIYA QILISH 6.1. Mahsulot ishlab chiqarish rejasining mohiyati va qo’rsatkichlari Mahsulot ishlab chiqarish rejasi (programmasi) korxonani rivojlantirish rejasining yoki biznes rejaning eng muxim qismi hisoblanadi. Rejaning bu qismida ishlab chiqarishga mqljallangan maxsulot xajmi uning turlari, navi va sifat qo’rsatkichlari bo’yicha korxona majburiyatlari qo’rsatiladi. Maxsulot ishlab chiqarish rejasida natural qo’rsatkichlar muxim o’rin tutadi. Masalan tonna, metr, kilobayt, soat, kubmetr kabi qo’rsatkichlar. Ular yordamida xar bir maxsulot turi bo’yicha kimga qancha miqdorda maxsulot ishlab chiqarish mumkinligini, sarf-xarajatlar miqdorining me’yorini Masalan, maxsulot birligi uchun ketadigan ish vao’ti yoki mehnat xarajatlari, xom’ashyo, materiallar, yoqilg’i, energiya xarajatlari me’yorini, buyurtmachilar talabini shartnomaga qo’ra bajarishdarajasini aniqlab borish mumkin bo’ladi. Bundan tashqari natural qo’rsatkichlar yordamida korxonada xom’ashyo materiallarga ishchi-xizmatchilarga bo’lgan talabni, mexnat xaqi to’lovlari miqdori, xar birini maxsulot uchun maxnat xaqi (baxosini) to’lovini aniqlash, ishlab chiqarishdagi barcha bo’g’inlar (10x uchastkalar) o’rtasida mutanosiblikni ta’minlash, ishlab chiqarishni tashkil etish shakillarini- (kontseptratsiyalashtirish, ixtisoslashtirish, kooperativlashtirish, kombinatlashtirish) tanlash, xom’ashyo resurslari bilan ta’minlash, ularning zaxiralarini miqdorini aniqlash imkoniyati yaratiladi. Natural qo’rsatkichlar korxona va tarmoqlarning o’ziga xos tomonlarini, xususiyatlarini xam ifoda etadi, Ishlab chiqarishni rag’batlantirishga yordam beradi. Bularning xammasi ishlab chiqarishni rejalashtirish jarayonida albatta xisobga olinishi zarur. Aks holda ishlab chiqarish jarayonida yil davomida uzilishlar, turib qolishlar, natijada ish vao’ti, dastgoxlar unumdorligi, quvvatidan va boshqa resurslardan foydalanish samarasiz bo’lib chiqadi, unumsiz xarajatlar paydo bo’ladi. SHuning uchun maxsulot miqdorini uning xususiyatlari va sifatini to’g’ri va to’laroq ifoda etuvchi qo’rsatkichlar to’g’ri tanlab olinishi lozim. Masalan, gazmalarni pogon va k.v. m.larda gilamlarni - kv.m. va dona hisobida g’ishtni - dona va kum.m, oq tunuka kv.m. tonnada, kimyoviy tolalarni tonna o’rniga tonna metrlarda ishlab chiqarish rejalashtiriladi. Mashinasozlikda dastgoxlar, mashinalar, uskunalarning iste’molga yaroqli xususiyatlarini to’laroq ifoda etuvchi qo’rsatkichlar ishlatiladi. Masalan, yigiruv mashinalari dona hisobidan tashqari, ming yigiruv veretenda qlchanadi, o’zgaruvchan tok generatorlari dona va ming kilovatt, elektrovozlar - dona va ming ot kuchi akkumulyatorlar - dona va mln, amper soat, skrepelar - dona va ming kum.m (chqmichining xajmi) xisobida qlchanadi. Qora va rangli metallurgiyada maxsulot sifatidan bozor yuqori darajada talablar qo’yilmoqda, Masalan, metall tarkibini sifatini yaxshilash, prokat va trubalarning tarkibida umuman metal xajmini, tonnadagi og’irligini kamaytirib, ularning yuqori sifatdagilarini va tonnali bo’lganlarini salmog’ini oshirishga zaruriyat tug’ilmoqda, Minimal qg’itlar ishlab chiqarish va uni iste’molchiga etkazib berish ular tarkibida shartli birlik o’rnata oziqa moddalarni mavjudligini xisobga olgan xolda amalga oshiriladi, demak maxsulotning iste’mol qiymati, iste’molga yaroqliylik darajasi yuqori o’ringa qo’yiladi. Buyurtmachilar talabiga qo’ra maxsulot ishlab chiqarish natural qlchovlarda portfelini shakillantirishda (reja tuzishda) maxsulot turi va navi tushuvchanlari muxim ahamiyatga ega bo’ladi. Download 0.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling