V-BOB. KORXONA FAOLIYATINI REJALASHTIRISH
5.1.Rejalashtirishning mohiyati va vazifalari
Ishlab chiqarish faoliyatini tashkil etish va tartibli rivojlantirish boshqaruv faoliyatining asosiy vazifasidir. Boshqaruv yoki raxbarliksiz ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etib bo’lmaydi. Bu xildagi ishlar reja asosida amalga oshiriladi. Rejalashtirish (biznes-rejani tuzish) raxbarlikning bir qismidir.
Demak, menedjment - «boshqaruv», bu turli xil tashkilotlardagi kishilarni boshqarish faoliyatining xili, vazifalari (funktsiyasi)dir.
Bunda maqsadga erishish uchun mehnat, va boshqa intellekt va boshqa kishilar xatti-xarakatining motivlari (sabablari) extiyojni yuqori darajada ta’minlash, boshqalar tomonidan hurmat, amaldagi qsish, maqomi (status), tan olish va yuqori baholash;
Ma’naviy ehtiyojlar, tashabbuskorlik orqali o’zini qo’rsatish kabi usullar ishlatiladi. Rejalashtirish - bu iqtisodiy qonunlar va tajribalardan foydalanish asosida rejalarni, dastur va loyihalarni ishlab chiqarish jarayonidir. Masalan, qiymat qonuni talabiga qo’ra maxsulot bahosi uni ishlab chiqarishch va sotish bo’yicha ijtimoiy zaruriy xarajatlarni hisobga olgan holda belgilanishi lozim. Jamg’arish qonuni esa foydani bir qismini ishlab chiqarishni kengaytirishga ajratilishini taqazo etadi. Mehnat unumdorligini oshirib borish qonuni esa korxonalarni fan-texnika yangiliklarini ishlatish asosida mehnat va moddiy manfaatdorligini oshiradi. Ana shunday maqsad va vazifalar aniq-ravshan bo’lgandan sqng korxona o’zining strategik rivojlanishning yqnalishlarini ishlab chiqadi.
Firma va korxonalar - mijozlar, aktsionerlar, davlat boshqaruv tashkilotlari, jamoatchilik bilan bog’liq holda faoliyat qo’rsatish usullarini topishlari, uni qo’llashlari zarur. Agar korxonaning maqsad va vazifalari jamiyat qonunlari va ma’naviyat
tamoyillariga mos kelsa, u holda korxonaning ishlari muvvafaqiyatli yakunlanadi.
Korxona hayot-mamotining falsafasi mulk egasining va o’z xodimlarining gullab- yashnashi va jamiyat rivojlanishini ta’minlashga qaratilishi zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |