O’qo’v qo’llanma Oliy o’quv yurtlararo ilmiy-uslubiy birlashmalar faoliyatini Muvofiqlashtiruvchi Kengash Prezidiumi tomonidan nashr etishga tavsiya qilingan


Bozor iqtisodiyoti sharoitida korxona tuzilishini o’zgartirish (restrukturizatsiya)


Download 0.59 Mb.
bet26/123
Sana05.04.2023
Hajmi0.59 Mb.
#1275370
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   123
Bog'liq
Korxona iktisodiyoti. E.Egamberdiyev

3.2. Bozor iqtisodiyoti sharoitida korxona tuzilishini o’zgartirish (restrukturizatsiya)
O’zbekistonda iqtisodiy isloxatlar davrida davlat mulkini xususiylashtirish amalga oshirildi, iqtisodiyotga rahbarlik qayta qo’rildi, yangi raqobatbardosh yirik, o’rtacha va mayda korxonalar va mikrofirmalarni yaratish va rivojlantirish ishlari amalga oshirildi. Lekin xali xo’jalik yuritishning hozirgi sharoitlariga moslasha olmagan, kam rentabelli yoki zarariga ishlayotgan korxonalar xali ko’p. SHuning uchun ularni davolash va o’z faoliyatini muttasil barqaror rivojlantirib borishga o’rgatishimiz zarur. Bozor iqtisodiyoti shart-sharoitlariga korxonalarni o’rgatish uchun ularni tuzilishini qayta qurish lozim. Bunda albatta davlatning qo’llab-quvvatlashi kerak bo’ladi. Restrukturizatsiya – korxonaning ishlab chiqarish va boshqaruv tuzilishini, kapital tuzilishini texnologik jarayonlari va boshqa tomonlarini o’zgartirishni taqozo etadi. Restrukturizatsiyadan maqsad, shakllanayotgan bozor iqtisodiyoti sharoitida ularni muvoffaqiyatli faoliyat qo’rsatishini ta’minlashdir. Restrukturizatsiya – korxonani strategik rivojlanish yo’llaridan birini tanlab olish, tashkiliy, iqtisodiy, texnikaviy chora-tadbirlar majmuasini amalga oshirishni nazarda tutadi. Natijada korxonalar hozirgi og’ir iqtisodiy holatdan taraqiyotning zarur bo’lgan
darajasiga chiqib oladigan.
Restrukturizatsiyaga tegishli jarayonlarning quyidagi yqnalishlarini ajratish mumkin:
  • Huquqiy – mulkka egalik qilish huquqini ta’minlash;
  • Nazorat faoliyati, boshqa sub’ektlar bilan shartnomalar tuzish va boshqa munosabatlar bo’yicha huquqlarini qayta, qo’rib chiqish;
  • Moliyaviy – aktivlar, majburiyatlar, shaxsiy kapitallar, investitsiyalarni izlab topish yo’llarini o’zgartirish;
  • Tashkiliy – korxonaning tashkiliy bo’g’inlari va aloqalari tarkibini o’zgartirish;
  • Operatsion (jarayonli) ishlab chiqarish jarayonlari, texnologiya va texnikaviy qurollanish darajasini o’zgarishi.


  • Download 0.59 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling