Bir me’yorda mahsulot ishlab chiqarishni tashkil etish
Ishlab chiqarish jarayonini oqilona tashkil etish bir me’yorda va uzluksiz mahsulot ishlab chiqarishga sharoit yaratadi. Sanoat korxonalarining bir me’yorda ishlashi, uskunalardan to’g’ri foydalanish, ish bilan ta’minlash va moddiy texnika ta’minotini yaxshilashga qaratilgan.
Korxonalarni bir me’yorda ishlashi muhim xalq xo’jaligi ahamiyatiga ega. Unga erishishdan asosiy maqsad jamiyatni turli mahsulotga bo’lgan ehtiyojini o’z vao’tida qondirish.
Korxonaning hamma mablag’laridan to’liq va samarali foydalanish va hamkorlikdagi korxonalarning, transport va savdo shoxobchalarining ishlab chiqarish mablag’laridan samarali foydalanishdan iboratdir. Sanoat korxonalarining (tsex va ishlab chiqarish bo’limini) bir me’yorda ishlashi – ishlab chiqarish mablag’idan to’liq foydalanib, avvaldan tuzilgan grafikka rioya qilib, korxonani hamma bo’limlari tomonidan bir me’yorda ma’lum turdagi va sifatdagi mahsulot ishlab chiqarish rejasini bajarishdir.
Korxonalarning hamma bo’g’inlarining bir me’yorda ishlashi, tayyor mahsulot ishlab chiqarishga va uni realizatsiya qilishga sharoit yaratishi, shuningdek mahsulot tayyorlashda rejaga amal qilib, iste’molchilarning ehtiyojini qondirish va mahsulotni o’z vao’tida jqnatishining muhim omilidir.
Korxonani bir me’yorda ishlash koeffitsienti quyidagi formula bo’yicha aniqlanadi:
n
x
Q p
1
1
Km = 1 – n
Q
yoki
Km = 1 –
p
n
Q
A рб .
1
bu erda: Km – bir me’yorda mahsulot ishlab chiqari koeffitsienti;
Qx – ma’lum davrda (kun, soat) reja-darajasida, haqiqatda ishlab
chiqarilgan mahsulot hajmi;
Qp – reja bo’yicha ishlab chiqariladigan mahsulot hajmi;
Aрб . – reja bajarilmagan kunlardagi (sutkadagi) maxsulot xajmi.
Masalan, korxonaning bir dekada davridagi mahsulot ishlab chiqarish xajmi quyidagi jadvalda berilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |