O’qo’v qo’llanma Oliy o’quv yurtlararo ilmiy-uslubiy birlashmalar faoliyatini Muvofiqlashtiruvchi Kengash Prezidiumi tomonidan nashr etishga tavsiya qilingan


Kontsentratsiyalashtirish – mayda, bir xil, o’xshash mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonalarni yiriklashtirishdir


Download 0.59 Mb.
bet31/123
Sana05.04.2023
Hajmi0.59 Mb.
#1275370
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   123
Bog'liq
Korxona iktisodiyoti. E.Egamberdiyev

Kontsentratsiyalashtirish – mayda, bir xil, o’xshash mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonalarni yiriklashtirishdir. Ishlab chiqarishni yiriklashtirish
agregatlar, dastgohlar quvvatini oshirish, o’xshash texnologik jarayonlar quvvatinini oshirish, korxonalarni yirikligini oshirish shakllarida olib boriladi.
Masalan, agregatlar quvvatini oshirish – elektrenergetika, metallurgiya, kimyo, yoqilg’i, qurilish materiallari tarmoqlarida sezilarli darajada namayon bo’ladi.
Texnologik jarayonlar bo’yicha kontsentratsiyalashtirishga metallurgiyada
  • domna pechlar, pqlat erituvchi pechlar, prokat mahsulotlari ishlab chiqarish; To’qimachilikda – yigirish, to’qish, bo’yash. Mashinasozlikda - quyuv, mexanik ishlov berish, yig’uv jarayonlari misol bo’ladi.

  • Bozor iqtisodiyoti sharoitida kontsentratsiyalashtirish, uning samaradorligini yirik korxonalarga bog’liqligi, korxonalar yirikligi (yirik, o’rtacha va mayda korxonalar),
    kontsentratsiyalash-tirish darajasini aniqlash to’g’risidagi avvalgi tushunchalar anchagina o’zgargan.
    Mayda korxonalar ham hozirgi zamon texnika va texnologiyasi bilan qurollangan bo’lsa yirik korxonalarning barcha afzalliklarini o’zida tqplagan bo’ladi. Bunday korxonalar optimal yiriklikdagi korxonalardir…
    Mikrofirma va kichik korxonalar afzalligi haqida biznes va tadbirkorlik fanida batafsil aytilgan.
    Ixtisoslashtirish - bu alohida ishlab chiqarish uchastkalari, tsexlar, korxonalar tarmoqlarni konstruktiv va texnologik jixatdan o’xshash bo’lgan mahsulotlarni ishlab chiqarishga yoki jarayonlarni bajarishga kqchirishdir.
    Sanoatda, uning turli xil korxonalarida ixtisoslashtirish quyidagi shakllarda rivojlanadi:
    • buyumlar bo’yicha ixtisoslashtirish;
    • qismlar, agregatlar bo’yicha ixtisoslashtirish;
    • texnologik jarayonlar bo’yicha ixtisoslashtirish.

    • Bir korxona miqyosida tugullangan holatda mahsulot ishlab chiqarishni tashkil etish - unga doimo xizmat qiluvchi, zarur bo’lgan qismlarni etkazib beruvchi ixtisoslashgan korxonalarni tashkil etilishini taqoza etadi. Masalan, sharikli podshibniklar

    ishlab chiqarish, porshen, karbyurator, reduktor, quymalar, extiyot qismlar, televizor transformatorlari, televizorga futlyarlar, kondensatorlar, yuqori bosimli nasoslar, divan- krovatlar uchun oyoqlar va boshqalarni ishlab chiqarishlar. Bunday o’zaro doimiy ishlab chiqarish aloqadorligiga ega bo’lgan korxonalarda kooperativlashtirish mavjud bo’ladi. SHuning uchun kooperativlashtirish shakllari ham ixtisoslashtirish shakllariga mos ravishda bo’ladi. Sanoat tarkibidagi korxonalar soni qancha ko’payib borsa kooperativ aloqadorlik shuncha ko’p rivojlangan bo’ladi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida turli xildagi mulk shakllari va shunga yarasha kichik va xususiy korxonalarni ko’plab yaratilishi kooperativlashtirishni o’z-o’zidan rivojlanib ketishini ob’ektiv zarurat qilib quyadi.

    Download 0.59 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
    1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   123




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling