Ishlab chiqarishning ommaviy tipi. Ommaviy ishlab chiqarish bir turdagi mahsulotni nisbatan uzluksiz, doimiy ravishda ko’plab maxsulot ishlab chiqarishi, uni takrorlanib turishi va uchastkalarni ixtisoslashganligi bilan xarakterlanadi.
Bunday korxonalar asosan engil va oziq-ovqat sanoati tarmoqlarida mavjuddir. Korxona faoliyatining iqtisodiy samaradorligini oshirish ko’p jihatdan o’ziga xos turdagi ishlab chiqarishga bog’liq bo’lib, yanada ilg’or texnologiyani joriy etish va ishlab chiqarishni tashkil etish darajasiga binoan belgilanadi.
Seriyali ishlab chiqarishni tashkil etish, bir vao’tning o’zida va ketma-ket konstruktsiya jihatidan o’xshash, bir xil bo’lmagan buyumlarga ishlov berish jarayonlarini ifodalaydi. Bu xildagi ishlab chiqarishga mashinasozlik korxonalari misol bo’laoladi.
Mahsulotni seriyali ishlab chiqaruvchi korxonalarda ko’proq takrorlanadigan mahsulot tayyorlanadi, donalab ishlab chiqarishga nisbatan mahsulotning turi birmuncha cheklangan bo’ladi.
Seriyali ishlab chiqarishga quyidagi asosiy xususiyatlar xosdir:
- ishlab chiqarilayotgan mahsulot turlarining (nomenklaturasining) ko’pligi va doimiyligi;
- ixtisoslashtirilgan ish joyiga doimiy ravishda biriktirilgan operatsiyalarni bajarish;
- mahsulotni seriyalab ishlab chiqarish va buyumlarni, detallarni partiyalab, oldindan belgilangan tartibda navbatda-navbat ishlab chiqarishga kiritish;
- ixtisoslashgan va maxsus uskunalar bilan birga universal asbob-uskunalarni qo’llash;
- mahsulot ishlab chiqarishda ko’p mehnat talab etadigan va yo’l mehnati yordamida bajariladigan ishning ulushini kamaytirish;
- ishlab chiqarish jarayonining nisbatan qisqarish;
- ishlab chiqarishni operativ boshqarilishini markazlashtirish.
Seriyali ishlab chiqarishning turini aniqlaydigan qo’rsatkich bir tsexda tayyorlanadigan detallar, buyumlar bo’yicha dastgohlarning yuklanish koeffitsienti (Kser) dir va u quyidagi formula yordamida hisoblanadi.
ñ
ñåð
Ä
Äîñ
Ê
Bu erda:
Dos’ – detallar bo’yicha operatsiyalarning soni; Ds – tsexda o’rnatilgan dastgohlarning soni.
Do'stlaringiz bilan baham: |