Xususiy jarayonlar o’z navbatida texnologik operatsiyalarga bo’linadi.
Texnologiya operatsiyalar deb ishlab chiqarishning bir ob’ekti - detal va uzel, buyum ustidan bir yoki bir necha ishchilarni bir ish joyida bajarayotgan ishlab chiqarish jarayonlarning bir qismiga aytiladi. Texnologiya jarayonlar bilan bir qatorda ayrim korxonalarda tabiiy jarayonlar ham amalga oshiriladi. Bunda inson ishtirokisiz, lekin uning nazoratida tabiiy kuchlar ta’sirida, masalan vino, pivo ichimligini achitish, xamirni achitish, issiq buyumlarni ochiq havoda sovutish, yog’ochlarni tabiiy quritish, metall buyumlarni emirilishi va boshqalar.
Texnologik jarayonlar va tabiiy jarayonlar birgalikda mahsulot ishlab chiqarishning texnologik jarayonini tashkil etadi.
Har qanday korxona o’z xolicha ishlab chiqarish kuchlarini bir butun ishlab
chiqarish jarayonida bargalikda amal qilishini nazarda tutadi. SHuning natijasida yangi qiymat paydo bo’ladi (quyidagi chizmaga qarang).
Yangi qiymatni yaratish korxona aktivlarini ma’lum xil qismlari qiymatini, ularni emirilishiga yarasha asta-sekin pirovard mahsulot qiymatiga qo’shilib borishi bilan amalga oshiriladi. Yangi mahsulot qiymatini yaratish quyidagilarga bog’liq bo’ladi:
- shu korxona ishlatadigan xom ashyo, materiallar, komplekt buyumlar va xizmatlarga;
- korxonaning mehnat resurslariga (ishchi xizmatchilar sifatiga);
- har bir ishlab chiqarish jarayoni bosqichlarida ishlatiladigan texnologiyalarga;
- korxona infra tuzilmasiga.
9-chizma
Korxona infratuzilmasi
| | | | |
Yagona ishlab chiqarish jarayoni
| | | | |
Korxonaning mehnat resurslari
| | | | |
Dastlabki xom ashyo, materiallar, komplekt buyumlari va tashqaridan olingan xizmatlar
| | | | |
Ishlab chiqarishni tayyorlash
|
Mahsulot ishlab chiqarish
|
Mahsulotni sotish
|
Marke-ting va reklama
|
Mahsulot sotilgandan keyingi xizmatlar
|
Korxonada mahsulot qiymatini yaratish bosqichlari
SHunday qilib xususan yangi qiymat korxonada ishlab chiqarish jarayonlarini amalga oshirish mobaynida tarkib topib boradi. Demak, ishlab chiqarish jarayonlarining
Do'stlaringiz bilan baham: |