O’qo’v qo’llanma Oliy o’quv yurtlararo ilmiy-uslubiy birlashmalar faoliyatini Muvofiqlashtiruvchi Kengash Prezidiumi tomonidan nashr etishga tavsiya qilingan


Birlamchi tipdagi donalab mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonalar xususiyati quyidagilardan iborat


Download 0.59 Mb.
bet40/123
Sana05.04.2023
Hajmi0.59 Mb.
#1275370
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   123
Bog'liq
Korxona iktisodiyoti. E.Egamberdiyev

Birlamchi tipdagi donalab mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonalar xususiyati quyidagilardan iborat:
- tayyorlanadigan mahsulotning ko’p xilliligi, ulardan ko’pining ishlab
chiqarishda takrorlanmasligi, shuningdek, ularning oz miqdorda ishlab chiqarilishi;
  • universal dastgoh va yig’uv asbob-uskunalarning qo’llanilishi;
  • yo’l bilan yig’iladigan va yakunlovchi operatsiyalar salmog’ining kattaligi;
  • ishlab chiqarish jarayonining nisbatan davriyligi;
  • uskunalarni tez-tez sozlash natijasida ulardan foydalanish koeffitsientining pastligi;
  • universal dastgohlardan, yuqori malakali, tajribali chizmalar asosida mustaqil ishlay oladigan ishchilar mehnatidan foydalanish.

  • Mahsulotni donalab ishlab chiqaradigan korxonalar samaradorligi va mehnat unumdorligi darajasining pastligi, asosiy va yordamchi materiallarning ko’p sarflanishi, mahsulotning tannarxi yuqoriligi bilan boshqa korxonalardan farq qiladilar.
    Bunday korxonalarga turbogeneratorlar, katta quvvatli ekskovatorlar, prokat stanlari, blyumenglar va boshqa maxsulot ishlab chiqaruvchi korxonalar misol bo’ladi.
    Ishlab chiqarishni tashkil etishning eng ilg’or usuli bu-potoy usulidir.
    Bunday sharoitda har bir ish joylari ixtisoslashgan,texnologik jihatdan o’xshash ishlar doimiy bo’lib ish joyiga biriktirib qo’yilgan bo’ladi, ish joylari texnologik jarayonni borishiga qarab joylashtrilgan, mehnat buyumlari bir ish joyidan boshqasiga bir xil yqnalishda transport yordamida uzatiladi.
    Potok usulida ishlab chiqarishning asosiy bo’g’ini bu potok yo’lidir. Potok yo’li texnologik jarayonlar oqimiga mos holda ketma-ket joylashtirilgan, va ularga biriktirilgan operatsiyalarni boshqarish uchun mqljallangan ish joylarining yig’indisidir.
    Potok yo’lida operatsiyalar sinxronlashgan bo’ladi. Natijada ishlab chiqarishni
    proportsionalligi va mu’tadilligi ta’minlanadi. Bunda opratsiyalar vao’ti potok yo’lining taktiga teng yoki unga yaqin bo’ladi. Ishlab chiqarishda uzluksizlik ta’minlanadi. Bunda maxsus ixtisoslashgan dastgohlar, mashinalar ishlaydi.

    Download 0.59 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling