2-jadval
| |
Dekada kunlari
| | | | | | | | | | | |
I
|
II
|
III
|
IV
|
V
|
VI
|
VII
|
VIII
|
IX
|
X
|
Reja
|
208
|
20
|
22
|
20
|
21
|
22
|
20
|
20
|
20
|
21
|
22
|
Fakt
|
173
|
15
|
18
|
16
|
17
|
20
|
20
|
22
|
20
|
17
|
18
|
SHu ma’lumotlar asosida mu’tadillik darajasi
208
м
K 1 27 1 0,13 0,87 ga teng bo’ladi.
Sanoat korxonalarida texnologik va boshqa jarayonlarni ilg’or, ayniqsa potok usullarida tashkil etilganda mahsulotni bir me’yorda, ritmda ishlashiga imkoniyatlar kengayadi.
Korxonani mu’tadil, bir maromda ishlashini ta’minlash shartlari quyidagilar:
- Ishlab chiqarish jarayoninitng to’g’ri rejalashtirish;
- Ishlab chiqarishni o’z vao’tida va to’liq texnikaviy tayyorlash;
- Ishlab chiqarishni moddiy-texnika resurslari bilan aniq va bir me’yorda ta’minlab turish
- Mashina va dastgohlarni o’z vao’tida reja bo’yicha ta’mirlash;
- Ishlarni bajarishni o’z vao’tida uchyotga olish va nazorat qilish;
- Ishlab chiqarishni va mehnatni ratsional tashkil etish;
- Malakali kadrlarni doimiy ishlar bilan ta’minlash;
- Mahsulot sifatini o’z vao’tida texnik nazoratdan o’tish;
- Ishlab chiqarish jarayonida uzluksizlikni ta’minlash.
Bunda ishlab chiqarishni avtomatlashtirish imkoniyati yaratiladi.
Ishlab chiqarishni ratsional tashkil etish uchun quyidagilarni ta’minlash zarur.
- O’rnatilgan texnologik jarayonlarga va ular orasidagi bog’liqlikni ta’minlashga qattiq rioya qilish;
- Uchastkalar, tsexlar o’rtasida aniq mehnat taqsimotini amalga oshirish. Buning ishlab chiqarish ixtisoslashgan bo’lishi lozim.
- Mehnat buyumlarini ishlab chiqarishdagi xarakatini belgilangan maromda va tartibda borishiga rioya qilish;
- Dastgohlar, ishchilarni ratsional joylashtirish ular o’rtasida ishlarni aniq taqsimlash va ishchilarga xizmat qo’rsatish.
Ishlab chiqarishning qo’shimcha yashirin bo’sh qolgan imkoniyatlarini ishga tushurish, fan-texnikaning yangi yutuqlaridan foydalanish faqat ishlab chiqarishni va mehnatni tashkil etish yo’li bilan ta’minlanishi mumkin.
Ishlab chiqarishni tashkil etishni yaxshilash, takomillashtirish yo’llari bu ishlab chiqarishni ixtisoslashtirish, kooperativlashtirish, kombinatlashtirish, unifikatsiyalash, normalashtirish ilg’or usullardan foydalanish va boshqalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |