O’qo’v qo’llanma Oliy o’quv yurtlararo ilmiy-uslubiy birlashmalar faoliyatini Muvofiqlashtiruvchi Kengash Prezidiumi tomonidan nashr etishga tavsiya qilingan


Download 0.59 Mb.
bet53/123
Sana05.04.2023
Hajmi0.59 Mb.
#1275370
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   123
Bog'liq
Korxona iktisodiyoti. E.Egamberdiyev

Asosiy iboralar va tushunchalar:
  • Rejalashtirish - bu iqtisodiy qonunlar va ilg’or tajribalardan foydalanish asosida rejalarni, dastur va loyxalarni ishlab chiqarish jarayonidir.
  • Norma – mahsulot yoki ish birligiga ma’lum sharoitlarda xomashyo, materiallar, energiya va ish vao’tini eng ko’p sarf qilish mumkin bo’lgan miqdoridir.
  • Normativ miqdorlar – ishlab chiqarish korxona mulkidan foydalanish darajasini ularni mahsulot og’irligini, hajmining har birligiga to’g’ri keladigan xarajat miqdoridir.
  • Strategik rejalashtirish – uzoq davrga mqljallangan bo’lib korxonani ishlab chiqarish ko’lami va sohalarining sifat darajasini yoki umumiy miqdorini yanada oshirish bo’yicha maqsad va vazifalarini shakllantirishni nazarda tutadi. «Strategiya» tushunchasiga hozirgi vao’tda bir hil yondoshish yo’q.

  • Nazorat savollari
  • Rejalashtirishning mohiyati, maqsadi va vazifalari.
  • Rejalashtirish asoslari.
  • Korxonaning bozor imkoniyatlarini baholash tartibi.
  • Korxonada strategik rejalashtirish vazifalari va bosqichlari.
    • Evremov I.S. Strategicheskoe planirovaniya. Moskva. «Finpress», 2001. st-75.

    VI-BOB. MAHSULOT ISHLAB CHIQARISH VA UNI REALIZATSIYA QILISH
    6.1. Mahsulot ishlab chiqarish rejasining mohiyati va qo’rsatkichlari
    Mahsulot ishlab chiqarish rejasi (programmasi) korxonani rivojlantirish rejasining yoki biznes rejaning eng muxim qismi hisoblanadi. Rejaning bu qismida ishlab chiqarishga mqljallangan maxsulot xajmi uning turlari, navi va sifat qo’rsatkichlari bo’yicha korxona majburiyatlari qo’rsatiladi.
    Maxsulot ishlab chiqarish rejasida natural qo’rsatkichlar muxim o’rin tutadi. Masalan tonna, metr, kilobayt, soat, kubmetr kabi qo’rsatkichlar. Ular yordamida xar bir maxsulot turi bo’yicha kimga qancha miqdorda maxsulot ishlab chiqarish mumkinligini, sarf-xarajatlar miqdorining me’yorini Masalan, maxsulot birligi uchun ketadigan ish vao’ti yoki mehnat xarajatlari, xom’ashyo, materiallar, yoqilg’i, energiya xarajatlari me’yorini, buyurtmachilar talabini shartnomaga qo’ra bajarishdarajasini aniqlab borish
    mumkin bo’ladi. Bundan tashqari natural qo’rsatkichlar yordamida korxonada xom’ashyo materiallarga ishchi-xizmatchilarga bo’lgan talabni, mexnat xaqi to’lovlari
    miqdori, xar birini maxsulot uchun maxnat xaqi (baxosini) to’lovini aniqlash, ishlab chiqarishdagi barcha bo’g’inlar (10x uchastkalar) o’rtasida mutanosiblikni ta’minlash, ishlab chiqarishni tashkil etish shakillarini- (kontseptratsiyalashtirish, ixtisoslashtirish, kooperativlashtirish, kombinatlashtirish) tanlash, xom’ashyo resurslari bilan ta’minlash, ularning zaxiralarini miqdorini aniqlash imkoniyati yaratiladi.
    Natural qo’rsatkichlar korxona va tarmoqlarning o’ziga xos tomonlarini, xususiyatlarini xam ifoda etadi, Ishlab chiqarishni rag’batlantirishga yordam beradi.
    Bularning xammasi ishlab chiqarishni rejalashtirish jarayonida albatta xisobga olinishi zarur. Aks holda ishlab chiqarish jarayonida yil davomida uzilishlar, turib qolishlar, natijada ish vao’ti, dastgoxlar unumdorligi, quvvatidan va boshqa resurslardan foydalanish samarasiz bo’lib chiqadi, unumsiz xarajatlar paydo bo’ladi.
    SHuning uchun maxsulot miqdorini uning xususiyatlari va sifatini to’g’ri va to’laroq ifoda etuvchi qo’rsatkichlar to’g’ri tanlab olinishi lozim.
    Masalan, gazmalarni pogon va k.v. m.larda gilamlarni - kv.m. va dona hisobida g’ishtni - dona va kum.m, oq tunuka kv.m. tonnada, kimyoviy tolalarni tonna o’rniga tonna metrlarda ishlab chiqarish rejalashtiriladi.
    Mashinasozlikda dastgoxlar, mashinalar, uskunalarning iste’molga yaroqli xususiyatlarini to’laroq ifoda etuvchi qo’rsatkichlar ishlatiladi. Masalan, yigiruv mashinalari dona hisobidan tashqari, ming yigiruv veretenda qlchanadi, o’zgaruvchan tok generatorlari dona va ming kilovatt, elektrovozlar - dona va ming ot kuchi akkumulyatorlar - dona va mln, amper soat, skrepelar - dona va ming kum.m (chqmichining xajmi) xisobida qlchanadi.
    Qora va rangli metallurgiyada maxsulot sifatidan bozor yuqori darajada talablar qo’yilmoqda, Masalan, metall tarkibini sifatini yaxshilash, prokat va trubalarning tarkibida umuman metal xajmini, tonnadagi og’irligini kamaytirib, ularning yuqori sifatdagilarini va tonnali bo’lganlarini salmog’ini oshirishga zaruriyat tug’ilmoqda,
    Minimal qg’itlar ishlab chiqarish va uni iste’molchiga etkazib berish ular tarkibida shartli birlik o’rnata oziqa moddalarni mavjudligini xisobga olgan xolda amalga oshiriladi, demak maxsulotning iste’mol qiymati, iste’molga yaroqliylik darajasi yuqori o’ringa qo’yiladi. Buyurtmachilar talabiga qo’ra maxsulot ishlab chiqarish natural qlchovlarda portfelini shakillantirishda (reja tuzishda) maxsulot turi va navi tushuvchanlari muxim ahamiyatga ega bo’ladi.

    Download 0.59 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
    1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   123




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling