O’qo’v qo’llanma Oliy o’quv yurtlararo ilmiy-uslubiy birlashmalar faoliyatini Muvofiqlashtiruvchi Kengash Prezidiumi tomonidan nashr etishga tavsiya qilingan


Diversifikatsiya shu o’ziga yoqmagan tarmoq miqyosida chegaralanib qolmay boshqa faoliyat soxalariga kirib borishni taqozo etadi


Download 0.59 Mb.
bet59/123
Sana05.04.2023
Hajmi0.59 Mb.
#1275370
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   123
Bog'liq
Korxona iktisodiyoti. E.Egamberdiyev

Diversifikatsiya shu o’ziga yoqmagan tarmoq miqyosida chegaralanib qolmay boshqa faoliyat soxalariga kirib borishni taqozo etadi. Bunda yangi xabarlar, xizmatlar yangi bozorlarga taklif etiladi. (F. Kotler. Osnovi marketinga. Moskva:, Izdat. “Progress” 1990 s. 46-52; 83-102., 97-98.)
Har qanday firma yoki korxona o’z maqsadiga etishi uchun kelajakni qo’ra bilishi, ongli ravishda qayoqqa qarab ketayotganini bilishi zarur. O’z kelajagini o’z xoliga tashlab qo’yishi lozim emas. Bunday bo’lmasligi uchun firma birdaniga ikki tizimdan foydalanishi mumkin:
  • strategik rejalashtirish,
  • marketingli rejalashtirish tizimi.

  • Strategik rejalashtirish xar qanday firmaning bir qancha faoliyat turlari, ya’ni maxsulot turlarini borligidan kelib chiqadi.
    Ammo bu tovarlarning xammasi iste’molchini bir xil darajada qiziqtirmaydi. SHuning uchun qandaydir tovarlarni ishlab chiqarish ko’payadi, boshqalari bir xil xajmda ishlab chiqariladi, uchinchi turdagilari esa ishlab chiqarishdan bo’shatiladi. Firma o’zini qsib, rivojlanib borishiga ishonch xosil qilishi uchun kelajagi bor bo’lgan yangi ishlab chiqarishlarni yo’lga qo’yishi kerak.
    Bundan tashqari firma yoki korxona o’zining cheklangan resurslari amal qilib turgan ishlab chiqarishlari o’rtasida qanday taqsimlanishi kerakligin aniq bilish zarur.
    Strategik rejalashtirishning maqsadi firma kuchli ishlab chiqarishlarni topib, rivojlantirib borishdan va kuchsizlarini esa kamaytirib yoki umuman tqxtatib qo’yganidan qanoatlanishi kerak.
    Agar firma qandaydir aniq ishlab chiqarish turini tanlash bo’yicha bir qarorga kelgan bo’lsa endi ularning xar biri uchun batavsil ishlab chiqilgan marketing rejasi kerak bo’ladi.
    Marketingni rejalashtirish deganda xar bir aloxida ishlab chiqarishlar, tovarlar yoki firmaning tovar markalari uchun reja ishlab chiqarishni tushunish lozim.
    Xozirgi bozor iqtisodiyoti sharoitida katta miqdordagi va a’lo sifatdagi
    axborotlarni olish usullarini kuchayib va murakkablashib ketishining sabablari quydagilardir.
    • Firma o’zining bozorini kengaytirib boradi va o’z mijozlarini yaxshi biladi;
    • Sotuvchilar marketingning ko’proq baxoga bog’liq bo’lmagan omillaridan foydalanadilar. Masalan, tovarga marka belgilari berish, tovarni individuallashtirish, reklama va sotishni rag’batlantirish.


    • Download 0.59 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
    1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   123




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling