Tovar - bu xaridor fikrini jalb etish, xarid qilish, foydalanish maqsadida bozorga sotish uchun chiqarilgan iste’molni yoki talabni qondiruvchi barcha narsalardir.
Faraz qilamizki, ayol kishi go’zalroq bo’lishini orzu qilgan bo’lsa, uning bu
talabini qondiruvchi barcha tovarlarni biz tovarlar assortimentini tanlash deb aytamiz. Bunday tovarlar assortimenti kosmetika, yangi kiyim - bosh kosmetolog xizmati, plastik operatsiya va boshqalarni o’z ichiga oladi. Lekin bu xil tovarlarni barchasi birdek darajada zarur emas...
Tovar iste’molchilar xoxishiga qancha ko’p mos kelsa, ishlab chiqaruvchi shuncha ko’p muvoffaqiyatga erishadi. Gap shundaki ishlab chiqaruvchilar iste’molchilarni izlab topishlari, ularning talablarini yuzaga chiqarishlari, keyin shu tovarni yaratishlari va ularga sotishlari zarur.
“Tovar” tushunchasi moddiy ob’ektlar bilan cheklanmaydi. Talabni qondiruvchi
barcha xizmat turlari tovar xisoblanadi.
Buyumlar va xizmatlardan tashqari shaxslar faoliyati, ularning manzili, ishlab chiqarishni, xizmatni tashkil etish shakillari va fikrlar, g’oyalar xam tovar xisoblanadi.
Agar bozor ishtirokchisi, ya’ni korxona marketingini, iste’molni yuzaga
chiqarish, zarur xildagi tovarlarni yaratish, baxosini aniqlash ularni taqsimlash va iqtisodiy rag’batlantirish tizimini ustida yaxshi ishlagan bo’lsa, bunday tovarlar sotilmay qolmaydi. Xar birimiz bilamizki iste’molchilar tez sotiladigan tovarlarni navbatda turib xam olishga tayyordirlar.
Shuni xam aytish kerakki ko’pchilik marketingini, ta’minot va rag’batlantirish ishlari bilan bir xil deb xisoblaydilar.
Marketing - ayirboshlash yo’li bilan talab va extiyojlarni qondirishga qaratilgan
kishilik faoliyatining turidir. Masalan, ayol kishi lab bo’yog’ini «Fabrikada kosmetika ishlab chiqarilsa, magazinda esa ishonch sotiladi» deb qo’rsatadi, firma raxbari CHarlz Revson. SHuning uchun ayol kishi shunchaki lab uchun bo’yoq sotib olmasligi hammaga tushunarli, yoki magazindan diometri chorakta bo’lgan farmalash buyumini xarid qilmay, shu diometrdagi oraliq (teshikni) xarid qilinadi deb qo’rsatadi bilimdon sotuvchilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |