O’qo’v qo’llanma Oliy o’quv yurtlararo ilmiy-uslubiy birlashmalar faoliyatini Muvofiqlashtiruvchi Kengash Prezidiumi tomonidan nashr etishga tavsiya qilingan


Iqtisodiyot nazariyasi kapitalni quyidagi turlarini ajratadi


Download 0.59 Mb.
bet80/123
Sana05.04.2023
Hajmi0.59 Mb.
#1275370
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   123
Bog'liq
Korxona iktisodiyoti. E.Egamberdiyev

Iqtisodiyot nazariyasi kapitalni quyidagi turlarini ajratadi:
  • Moliyaviy (pul) kapitali-ma’lum qiymatga ega bo’lgan pul va qimmatbaxo qog’ozlarning yig’indisidir.
  • Jismoniy (texnikaviy) kapital. Bunday kapital bo’lib ishlab chiqarishning turli xil bosqichlarida ishlatiladigan va insonning mehnat unumdorligini oshiradigan (stanoklar, binolar, kompyuterlar va shunga o’xshashlar) moddiy vositalar yig’indisi hisoblanadi.

  • Ular investitsiyalarning natijasi bo’lib ma’lum davr mobaynida daromad keltirib
    turadi.
    • V.A.Kalashnikov. slovar rinochnoy ekonomiki. M.1993s21.

    Jismoniy kapital - ayrim qimmatbaxo qog’ozlardan foydalanish bo’yicha huquqlar majmuasidir. Lekin bu huquqlar uning egasiga hech qanday mehnat xarajatlarisiz daromad keltiradi. Boshqacha qilib aytsak, jismoniy kapital tovarlar ishlab chiqarish va ishlarni bajarishda ishtirok etadigan, ilgari ishlab chiqarilgan tovar zaxiralaridir. Kapital qo’yilmalari xarajat sifatida quyidagi ishlarga mqljallangan bo’ladi:
    • ishlab chiqarish ob’ektlarini qurishga;
    • noishlab chiqarish ob’ektlarini qurishga, yaratishga.

    • Masalan, madaniy-maishiy muassasalarni yaratish, ma’muriy binolarni qurish , loyixa-tadqiqot va geologik qidiruv ishlari uchun va x.k.
      Demak, iqtisodiyot tqplagan asosiy fondlar - texnika vositalari, binolar, telivizorlar, temir yo’llar, somalyotlar va x.k.larning umumiy zaxirasi jismoniy kapital
      hisoblanadi. Asosiy fondlar investitsiya xarajatlari yoki kapital qo’yilmalari hisobiga ko’payib boradi. Jismoniy kapitalni erdan farqi shuki er fondi
      ko’paymaydi. Erning miqdori cheklangan, u tabiat bergan ne’mat, u qayta ishlab chiqarilmaydi. Lekin u xam ishlab chiqarish omilidir. Amaliyotda ular o’rtasidagi
      farqni ajratish qiyin.
      3. Insoniy kapital. Bu shunday qo’yilmalarki, ular kishilarning jismoniy va aqliy qobiliyatlarini ko’paytirishga olib keladi. “Kapital” tushunchasi har xil olimlar tomonidan o’z davriga, ular-ning tushunchasiga, kapitaldan foydalanish maqsadiga qarab turlicha talqin etilgan. Insoniy kapital bu kishilarda tqplangan daromad keltira olish qobiliyatidir. Insoniy kapital - tug’ma iqtidor va qobiliyatni, shijoatni, shuningdek bilim va olingan kasb malakasini o’zida tqplagan bo’ladi. Inson kapitali ham mashina va dastgohlarga o’xshash inson o’zi uchun o’zi yoki ota-onalari yordamida qqishi uchun, malakasini oshirish uchun investitsiya xarajatlari hisobiga yaratiladi. Insoniy kapital uchun investitsiyalar vao’t o’tishi bilan ko’proq foyda keltiradigan, qoniqish hosil qiladigan ishlarni bajarish va yuqori darajada mexnat haqi olish hisobiga qoplanib ketadi.
      Ayrim olimlar (merkantelistlar) millatning boyligi savdoda, ya’ni muomala sohasida deb qarab kapital tushunchasini shundan keltirib chiqarishgan.
      Qancha ko’p tovar sotilsa, qimmatga sotilsa foyda shuncha ko’p bo’ladi, demak kapital - bu pul, oltin deb qarashgan. Ular muomala jarayonida ko’payib boradi.

      Download 0.59 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
    1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   123




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling