Ishlab chiqarish quvvatidan unumli, to’liq foydalanishni ta’minlash yo’llari quyidagilar:
- asosiy fondlarni o’z vao’tida yangilab turish;
- ishlab chiqarish jarayonidagi uzilishlar, turg’unlik xolatlarini keltirib chiqaruvchi sabablarni yo’qotish yoki kamaytirish;
- ishlab chiqarishni tashkil etishning foydali, ilg’or shakllari, usullarini qo’llash va shular hisobiga mehnat buyumlariga ishlov berish tartibini (xilini) uzluksiz va bir vao’tda hamma ish joylarida olib borish;
- mehnatni ish joylari bo’yicha aniq taqsimlash;
- tsexlar, ishlab chiqarish uchastkalarida, ularning quvvatini mutanosibligini ta’minlash, «tor joylarni» yo’qotish;
- dastgohlarni ta’mirlash ishlarini reja bo’yicha o’z vao’tida olib borish, ularni texnik holatini yaxshilashning profilaktik choralarini o’tkazish, ta’mirlash ishlarini zamonaviy usullar, texnikaviy vositalari yordamida, malakali kadrlar ishtirokida olib borish;
- mahsulot ishlab chiqarishda qo’llaniladigan asbob-anjomlar sifatini yaxshilash, ularni ta’mirlashni tashkil etish;
- texnologik jarayonlarni bir me’yorda mq’tadil borishini ta’minlash;
- ishchi va xizmatchilarning mehnat sharoitlarini yaxshilash va ishlab chiqarishning pirovard natijalaridan, o’z mehnatidan moddiy manfatdorligini oshirish;
- dastgohlarning ish vao’ti fondidan to’liq foydalanishni ta’minlash;
- resurslarni turli xil mahsulotlarni ishlab chiqarish bo’yicha oqilona taqsimlash va ulardan unumli foydalanishni tashkil etish va boshqalar.
Masalan, og’ir sanoat korxonalarida etakchi tsexlar bo’lib mexanika tsexi, quyuv tsexi, yig’uv tsexlari hisoblanadi. Yig’uv tsexining quvvati barcha boshqa tsexlar quvvatini belgilaydi. Demak butun korxona quvvatini belgilaydi. Atomobilsozlikda ham
mexanika tsexi, yig’uv, quyuv, tamirchi tsexlari; Tikuv sanoati korxonalarida – tikuv tsexi etakchi hisoblanadi.
Ishlab chiqarish quvvatini hisoblash uchun agregatlar, dastgohlarning foydali ish vao’ti fondini bilish zarur:
Do'stlaringiz bilan baham: |