Amaliyotda ko’pincha loyiha variantlari samaradorligini quyidagi keltirilgan xarajatlar mezoni (kriteriysi) bilan aniqlanadi.
X + En • K min .
Bunda: X - yillik mahsulot tannarxi;
En - sanoat tarmoqlari uchun qabul qilingan samaradorlikni normadagi koeffitsienti; 0,15 ga teng deb olingan.
Maxsus fanlar xalqaro amaliyotda investitsion loyihalarni asoslashning boshqa masalalarini batafsil o’rgatadilar. SHuning uchun biz bu to’g’ridagi fikrimizni shu erda tqxtatamiz.
Korxonaning ishlab chiqarish quvvatidan foydalanish shu korxona uchun ham mamlakat iqtisodiyoti uchun ham xal qiluvchi iqtisodiy ahamiyatga egadir.
Ishlab chiqarish quvvatidan to’liq va samarali foydalanish bu resurslardan foydalanish demakdir. Masalan, O’zbekistonda 6-ta tsement korxonasi bo’lib, ularning
yillik umumiy quvvati 6830 ming tonna (shundan «Qizilqumtsement» korxonasi quvvati 3300 ming tonnadir). 1990 yili undan foydalanish 96,2 % bo’lgan edi. Lekin keyingi yillarda boshqa sanoat tarmoqlaridek tsement korxonalari quvvatidan foydalanish ham O’zbekiston bo’yicha pasayib ketdi.
1998-2002 yillardagi statistik axborotlar asosida quvvatdan foydalanish qo’rsatkichlarini O’zbekiston tsement sanoati misolida qo’rish mumkin:
9-jadval
O’zbekiston tsement sanoatining ishlab chiqarish quvvatidan foydalanish darajasi
Yillar
|
Tsement ming tonna
|
Quvvatdan foydalanish darajasi, (%)
|
1998
|
3357
|
48,7
|
1999
|
3331
|
48,3
|
2000
|
3285
|
47,7
|
2001
|
3722
|
54,0
|
2002
|
3750
|
55,0
|
2003
|
3760
|
56,0
|
Korxonaning mahsulot ishlab chiqarish programmasi shu davrdagi ishlab chiqarish quvvatidan foydalanish darajasini qo’rsatadi.
Bu qo’rsatkich reja bo’yicha va haqiqiy bo’lishi mumkin. Haqiqatda ishlab
chiqarilgan mahsulot miqdorini quvvat miqdoriga nisbati quvvatdan foydalanishning haqiqiy darajasini ifodalaydi. Quvvat miqdori bilan haqiqatda ishlab chiqarilgan mahsulot orasidagi farq ishlab chiqarishni oshirishning qo’shimcha imkoniyatlari ya’ni rezervlari hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |