Oqsil va aminokislotalar


Oqsillarning plastik funktsiyasi


Download 138.47 Kb.
bet2/4
Sana18.06.2023
Hajmi138.47 Kb.
#1560849
1   2   3   4
Bog'liq
2-Ma\'ruza (1)

Oqsillarning plastik funktsiyasi. To’qima va a’zolarning barcha xujayralari oqsillardan tuzilgan. Qon, limfa, muskul tolalari, suyaklar, gormonlar va fermentlar tarkibida oqsil bo’ladi. SHuningdek, salomatlik uchun zararli bo’lgan mikroblar va ularni toksinlariga qarshi kurashuvchi antitelolar tarkibida ham oqsillar mavjud. O’sayotgan organizm uchun oqsilning plastik roli ayniqsa muhimdir. O’sish jarayonida xujayralar soni ko’payib boradi va bunda oqsillar asosiy material bo’lib xizmat qiladi.

  • Oqsillar moddalar almashinuvi jarayonini boshqarib boradigan regulyator bo’lib xizmat qiladi, qalqonsimon bez, gipofiz, meda osti bezi gormonlarining tarkibiga kiradi.
  • Oqsillar organizmda boshqa moddalar, jumladan vitaminlar, mineral tuzlarni meьyorli almashinib turishi uchun zarur fonni bajaradi. Agar organizmda oqsil yetishmasa vitaminlar yaxshi o’zlashmaydi.


    4. Organizm uchun oqsillarning energetik roli kamroq ahamiyatga ega, chunki sarflangan quvvatning atigi 14 - 15%- i ular hisobiga to’g’ri keladi. Energetik sarflarga ketadigan oqsillarni uglevodlar va yog’lar bilan almashtirsa bo’ladi, ammo organizmning plastik ehtiyojlari uchun kerakli oqsillarni boshqa hech qanday moddalar bilan almashtirib bo’lmaydi.
    Odam organizmida oqsil yetishmasligi turli xil jiddiy kamchiliklar: bolalarning o’sish va rivojlanishi susayadi, kattalarning esa jigarida jiddiy o’zgarishlar (yog’ infiltratsiyasi) kuzatiladi. Organizmda uzoq vaqt oqsil yetishmasligi hatto jigar tsirroziga, ichki sekretsiya bezlari faoliyatining buzilishiga, qonning oqsil tarkibi o’zgarishiga, organizmning yuqumli kasalliklarga qarshiligi susayishiga, aqliy zaiflikka, ishlash qobiliyatining buzilishiga sabab bo’ladi.
    SHuningdek organizmda ortiqcha oqsil bo’lishi ham unda bir qator o’zgarishlarni keltirib chiqaradi. Jumladan bunda ferment sistemasining zo’riqishi, qonda moddalar almashinuvining buzilishi, mochevina, erkin aminokislotalar miqdorining ko’payib ketishiga sabab bo’ladi.
    Organizm uchun zarur aminokislotalarning ko’pchiligi organizmda sintezlanadi, lekin 8 tasi sintezlanmaydi yoki yetarlicha sintezlanmaydi. SHuning uchun ularni almashtirib bo’lmaydigan yoki hayot uchun muhim aminokislotalar deb ataladi. Bularga treptofan, lizin, metionin, fenilalanin, leytsin, izoleytsin, valin, treonin kiradi.
    Hayvonlardan olinadigan (go’sht, baliq, tuxum, sut, sut mahsulotlari) mahsulotlar tarkibida almashinmaydigan aminokislotalar kompleksi ko’proq bo’ladi. Organizmga hayot uchun zarur aminokislotalarning bir yoki bir nechtasi yetishmay qolsa oqsilning sintezlanish jarayoni ishdan chiqadi, boshqa aminokislotalar ham o’zlashtirilmay qoladi va oqsil yetishmas-ligiga xos bo’lgan o’zgarishlar ro’y beradi.

    Download 138.47 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2   3   4




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling