Oqsillarning xossalari. Oqsillar - amfoter elektrolitlardir. Muhitning ma’lum rN ida (izoelektrik nuqta) oqsil molekulasida musbat va manfiy zaryadlar soni bir xil bo`ladi. Bu oqsilning asosiy konstantlaridan (doimiy miqdoridan) biridir.
Oqsillar bu nuqtada elektroneytral bo`lib, ularning qovushqoqligi va eruvchanligi juda past. Oqsil molekulalari elektroneytrallikka erishganda o`zlarining eruvchanligini pasaytirish qobiliyati ularni eritmalardan ajratib olish uchun, masalan oqsil mahsulotlarini ishlab chiqarish texnologiyasida keng foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |