Oqsillar biotexnologiyasi


Antibiotiklar sintezlovchi produsent mikroorganizmlar


Download 188.5 Kb.
bet4/8
Sana20.10.2023
Hajmi188.5 Kb.
#1713722
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
ANTIBIOTIK ISHLAB CHIQARISH

Antibiotiklar sintezlovchi produsent mikroorganizmlar
Antibiotik moddalarni sanoat sharoitida ishlab chiqarish asosan biologik sintez asosida amalga oshiriladi yoki biosintez jarayonida olingan fiziologik faol birikma molekulasini kimyoviy modifikatsiya qilish yo‘li bilan olinadi. Faqat sanoqli antibiotiklargina kimyoviy sintez yo‘li bilan olinadi (masalan: xloromfenikol).
Sanoatda ishlab chiqarilayotgan antibiotiklarni manbalari bakteriyalar, aktinomitsetlar va mitseliali zamburug‘lardir.
Bakteriyalar sintez qiladigan antibiotiklar
Bakteriyalar ishlab chiqaradigan antibiotiklar 600 ga yaqin nom bilan aytiladi. Lekin, nisbatan uncha ko‘p bo‘lmagan miqdordagi antibiotiklar sanoat asosida chiqariladi. Bular orasida Bacillus brevis var. U.V. hosil qiladigan S gamitsidinni, Bac.polymyxa va Bac.circuis lar ishlab chiqaradigan polimiksinlar, Bacillus licheniformis sintezlaydigan batsitrotsinlar, Streptococcus lactis kulturasi hosil qiladigan nizinlarni aytish mumkin.
Bakteriyalar sintez qiladigan antibiotiklarning o‘ziga xoslik tomoni ular o‘zining kimyoviy tuzilishi jihatidan polipeptidlarga (uzunchoq yoki xalqasimon) va kichik molekulali oqsillarga kiradi.
Bitta produsent taraqqiyoti jarayonida bir qancha kimyoviy tuzilishi jihatidan bir-biriga yaqin antibiotiklar sintez qiladi. Masalan: gramitsidinlarni besh shakldagisi ma’lum (A, V, SD, S(S), D), bular aminokislotalar tarkibi bilan farqlanadi; polimiksinlarni (22 shakli bor, shular qatorida A, A2, V, V2, S, D, D2, Ye1 (kolistin A), Ye2 (kolistin V, M, R, R2).
Polimiksinlar tarkibiga aminokislotalar bilan bir qatorda diaminmoyli va metiloktan kislotalar (metilgeptan) kiradi. Batsirotsinlar o‘nta alohida antibiotiklarni birlashtiradi (A, A1, V, S, D, Ye, F, F2, F3, va Y). Sut achitqisi streptokokk hosil qiladigan nizin yettita asosiy oqsil tarkibiga kiradi. Lekin faqat nizin biologik faollikga ega. Nizin streptokokklar sintez qiladigan hamma oqsilning 20% ga yaqinini tashkil qiladi.

Download 188.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling