Oqsillar biotexnologiyasi


Zamburug‘lar sintez qiladigan antibiotiklar


Download 188.5 Kb.
bet7/8
Sana20.10.2023
Hajmi188.5 Kb.
#1713722
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
ANTIBIOTIK ISHLAB CHIQARISH

Zamburug‘lar sintez qiladigan antibiotiklar
Mitselial zamburug‘lar nisbatan ko‘p miqdorda antibiotik modda hosil qiladi. Eng katta qiziqish uyg‘otadiganlari: penitsillinlar, sefolosporinlar, grizeofulvin, trixotesin, fumagillin va ayrim boshqa zamburug‘larni hayot faoliyatidagi maxsulotlar, tibbiyotshunoslikda va qishloq xo‘jaligida keng qo‘llaniladi.
Antibiotiklar sintez qiluvchi zamburug‘lardan eng ko‘p ishlatiladigani Penicillium chrysogeum dir. Bu zamburug‘ o‘zining hayot faoliyatida penitsillinni turli xil shakllarini hosil qiladi. Zamonaviy mikrobiologiya fanining rivojlanib borishi, yuqori faollikka ega bo‘lgan zamburug‘larning yangi-yangi turlarini topishga imkon yaratdi.
Sanoat sharoitida antibiotiklar olish texnologiyasi
Antibiotiklarni tibbiyotda, qishloq xo‘jaligida va xalq xo‘jaligining boshqa sohalarida keng qo‘llanilishi, bu biologik faol moddalarni katta hajmda ishlab chiqarish vazifasini qo‘ydi. Bu ulkan vazifa katta quvvatga ega bo‘lgan antibiotika sanoatini yaratish orqali yechildi.
Antibiotikani sanoat asosida ishlab chiqarishda bir qancha ketma-ket bosqichlar yotadi:

  • yuqori maxsuldor shtamm-produsent yaratish,

  • antibiotik hosil qiluvchi shtammni eng ko‘p miqdorda maxsulot chiqarishi uchun mo‘tadil sharoit yaratish,

  • antibiotikni ajratish va tozalashni muvofiqlashtirilgan usulini tanlash va amaliyotga qo‘llash,

  • tayyor preparatni yaratish va uning sifatini nazorat qilish.

Har bitta bosqich maxsus mutaxassis bilan ta’minlanishi kerak (genetik, mikrobiolog, texnolog va boshqalar).


Antibiotika sanoati hozirgi vaqtda katta quvvatga ega bo‘lgan yaxshi taraqqiy qilgan soha bo‘lib farmasevtika sanoati Davlat aksionerlik konserniga qaraydi. Ayniqsa u AQSh da, Angliyada, Yaponiyada, Fransiyada, Italiyada keng taraqqiy etgan. Masalan AQSh da har yili 100 millionlab dollarga sotiladigan miqdorda antibiotiklar ishlab chiqariladi.
Antibiotiklarni sanoat usulida tayyorlash - murakkab, ko‘p bosqichli bo‘lib, bir qancha texnologik ketma-ketlikni o‘z ichiga oladi:

  • Antibiotikani sintezlaydigan kultura-shtammni o‘stirish uchun muhit tayyorlash va ekish uchun yetarli maxsulot tayyorlash;

  • Antibiotikani biosinteziga mo‘tadil sharoit yaratish;

  • Kultural suyuqlikga birlamchi ishlov berish;

  • Antibiotik moddalarni ajratish va uni tozalash;

  • Tayyor maxsulotni ajratish, tozalash va dori shaklida sotishga tayyorlash.


Download 188.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling