Oqsillar biotexnologiyasi
Aktinomitsetlar sintez qiladigan antibiotiklar
Download 188.5 Kb.
|
ANTIBIOTIK ISHLAB CHIQARISH
- Bu sahifa navigatsiya:
- Aminoglikozidlar
- Tetrasiklinlar
- Aktinomitsinlar
Aktinomitsetlar sintez qiladigan antibiotiklar
Amaliyotga keng tadbiq qilingan eng ko‘p sonli antibiotiklar, demak sanoatda ishlab chiqariladigan, aktinomitsetlar hosil qiladigan biologik faol moddalarga kiradi. Bu antibiotik moddalar turli xil kimyoviy tuzilishga va keng spektrli biologik ta’sirga ega bo‘lgan bir qancha guruh birikmalardan iborat: Aminoglikozidlar - bu guruh aktinomitsetlar antibiotiklari molekulasida glikozid bog‘i bor moddalardir: streptomitsin, Streptomyces srigeus hosil qiladi. Streptomyces fradiae, Str.allagrisiolus lar ishlab chiqaradigan neomitsinlar; Str.kanamyceticus sintezlaydigan kanamitsinlar; Micromonospora purpurea ishlab chiqaradigan gentomitsinlar; Micromonospora livacsterospora sintezlaydigan fortimitsin; va boshqa bir qancha moddalar. Tetrasiklinlar- ushbu antibiotiklariga: xlortetrasiklin-Streptomyces cureofociens hosil qiladi; Str.rimosus kulturasi sintez qiladigan oksitetrasiklin; Str.cureofacins ning ma’lum shtammlari ishlab chiqaradigan tetrasiklin va boshqa kimyoviy yo‘l bilan modifikatsiya qilingan yangi antibiotiklar: metasiklin (randomitsin) va doksisiklin minosiklinlardir. Biologik va kimyoviy sintez birlashmasi natijasida olingan bu yangi antibiotiklar odatdagi tetrasiklinga chidamli bir qancha mikroorganizmlarni o‘sishini to‘xtatish qobiliyatiga ega. Aktinomitsinlar - antibiotik aktinomitsinlar katta (yuzdan ortiq preparatlar) guruh kimyoviy tuzilishi jahatidan bir biriga yaqin 20 dan ortiq tur aktinomitsetlar hosil qiladigan moddalar, shular qatorida Streptomyces antibioticus, Str.chrysomallus, Str.flavus lardir. Aktinomitsinlar kimyoviy tuzilishi bo‘yicha xromopeptidlarga kiradi, bu antibiotiklar uchun umumiy bo‘lgan fenosizin xromofor guruhli va ikkita polipeptiddan iborat. Har bitta polipeptid tarkibiga lakton sikli kiradi, buning uzilishi preparatni biologik faolligini yo‘qotishga olib keladi. Aktinomitsinlarning xilma-xilligi polipeptidlar molekulasi tarkibiga kiradigan aminokislotalarni xilma-xilligiga bog‘liq. Bu guruhga kiradigan antibiotiklarning muhim xususiyati ayrim aktinomitsinlar rak hosil qiluvchi hujayralar rivojini to‘xtatish qobiliyatiga egaligidir. Download 188.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling