45
Bizga ma’lum bo’lgan TPas yoki BP muhitlarda OMP-ga asoslangan Turbo Vi-
sion kutubxona (qismprogrammalar majmua) si ishlatiladi va muloqotli (interaktiv)
programmalar to’plamini loyihalash uchun katta qulayliklar beradi.
OYP texnologiyasi asosiy prinsiplari (xususiyatlari). Texnologiyaning
negizida uchta bosh tushunchalar yotadi.
1. Inkapsulyatsiya (Qobiqlash)
. Qobiqlash ma’lumotlar to’plamini va bu
to’plamni qayta ishlashga mo’ljallangan algoritmlarni (qismprogrammalarni,
ya’ni protsedura va funksiyalarni) birlashtirishdir. Natijada yangi tip- ob’ekt
(object) paydo bo’ladi. OMP muhitida ma’lumotlarni
ob’ekt maydonlari va
qismprogrammalarni
ob’ekt metodlari deymiz.
Qulayliklari:
a) Ob’ekt tashqi muhitdan mustaqil bo’ladi.
b) Ma’lumotlar va algoritmlarni modifikatsiya qilish (o’zgartirish)
osonlashadi.
c) Ob’ektlar kutubxonasini yaratishga qulay sharoitlar paydo bo’ladi.
2. Vorislik (Meroslik, irsiylik- наследование). Tayyor ob’ektlar yordamida
yangi ob’ektlar ketma- ketligini yaratish. Eski (bosh) ob’ektlarga
ma’lumotlar tasvirlanishi va ularni qayta ishlash metodlari yangi ob’ektlarga
“merosiy” (otadan- o’g’ilga- nevaraga) o’tishi. Ya’ni bosh ob’ektdagi may-
donlar va metodlar avtomatik ravshda “otadan” “o’g’ilga” o’tadi,
yangilari
bilan kengaytiriladi yoki o’zgartiriladi.
Qulayliklari:
a) Ob’ekt xususiyatlarini o’zgartirish osonlashadi.
b) Masala qo’yilishida bosh (ota) ob’ektda mujassamlangan xususiyatlar
keyinchalik yangi (o’g’il) ob’ektlarning
xususiyatlari bilan ken-
gaytiriladi.
c) Murakkab programmani qadamba- qadam ishlab chiqish sharoiti pay-
do bo’ladi.
3. Polimorfizm (umumiylik, o’rindoshlik). Polimorfizm deb- bitta bosh (ota)
ob’ektdan paydo bo’lgan qarindosh ob’ektlarning o’xshash muammolarni
turlicha (o’ziga xos) usullar yordamida yechishga aytiladi.
Boshqacha qilib
aytganda, tasvirlangan qismprogrammalar ob’ektlar ketma- ketligida ta’sir
kuchiga ega bo’lib, har bir keyingi pog’onada (bosqichda) turgan ob’ekt
o’zi
Do'stlaringiz bilan baham: