O’quv – uslubiy majmua mualliflar: dots. Qobilov S. S. Ass. Nurmamatov M. Q. Ass. Abdirofiyev N. A. Samarqand – 2020


Download 1.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/100
Sana07.05.2023
Hajmi1.25 Mb.
#1437649
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   100
Bog'liq
4180584f2181795450dd1516cd9d680f O’QUV – USLUBIY MAJMUA

Sinov savollari: 
1. Ob’ekt nima? Uning xususiyatlarini izohlang. 
2. Texnologiyaning mohiyati nimadan iborat? 
3. Bu texnologiya qaysi metodlarga asoslanadi? 
4. Virtual metod nima uchun kerak? 
5. Texnologiyaning noqulayliklari ham bormi? 
Adabiyotlar 
[5], [8], [11], [13], [16] 


50 
Ma’ruza № 13 
Mavzu: Vizual programmalash muhiti 
Reja:
1. Interfeysni tashkil qilish asoslari. 
2. Integrallashgan muhit va interfeys. 
3. Vizual texnologiya xususiyatlari. 
4. Texnologiyaning instrumental vositalari.
5. Delphi muhiti qulayliklari.
Tayanch iboralar: interfeys, integrallashgan muhit, oyna, forma, menyu, kom-
ponenta, holat, vizual programmalash, ilovalar.
Ma’ruza bayoni
Programma ta’minotini yaratishda foydalanuvchi va programma (tizim) 
orasidagi muloqot turini, ya’ni foydalanuvchi interfeysini tashkil qilish muhim 
masalaga aylandi. Buning sabalari quyidagilardir: 

Kompyuter bilan muloqot qilish jarayoni foydalanuvchiga qo’shimcha 
noqulayliklar yaratmasligi kerak; 

Muloqot paytida aktivlik (iteraktivlik) programmadan foydalanuvchiga va 
teskarisi, foydalanuvchidan programmaga o’tishi maqsadga muvofiq; 

Interfeysni qulay va tushunarli formalarini ishlab chiqish va standartlash 
uchun yangi metod va vositalarni loyihalash talab qilinadi.
Zamonaviy integrallashgan tizimlar (Delphi, VBA, C++, Java) muhitida foyda-
lanuvchi interfeysi quyidagi elementlar yordamida loyihalanadi va ishlab chiqari-
ladi:

Ro’yxat; 

Tahrirlash satri;

Nishon; 

Menyu; 

Opsiya;

Esga solish (ko’rsatma); 

Instrumentlar paneli: knopkalar, ro’yxatlar va ular bilan bog’liq bo’lgan 
amallar; 


51 

Holat satri va hokazo. 
Bunday tizimlarning yana bir xususiyati ilovalarni (Application) juda tez ishlab 
chiqarish vositalar va metodlarga ega ekanligidir. Ana shunday texnologiyalardan 
biri vizual (ayonli, ko’rinarli) programmalash hisoblanadi.
Vizual programmalashning asosida oynali iterfeys va vizual dizayn (oro ber-
ish) prinsiplari yotadi. “Sichqoncha” manipulyatori vizual (ayonli) ob’ektlar (pik-
togramma, rasm, panel) yordamida turli xil ilovalarni tashkil qilishga yordam qi-
ladi. Dasturlash bu usulining yana bir qulayligi programmaviy modullardan foyda-
lanib ilovalar yaratish va “satrma- satr” (operatorli) programmalashni qisqartirish-
ga asoslanadi. Bular natijasida programma tuzish jarayoni vizuallash-tiriladi. 
Ko’rsatilgan xususiyatlarga ega bo’lgan muhitlardan biri Delphi tizimi va uning 
vizual programmalashga mo’ljallashgan usul va vositalarini tahlil qilamiz.
Delphi muhitida ish ob’ektga-mo’ljallangan programmalash texnologiyasi va 
programmalash jarayonini vizuallashtirishga asoslanadi. Bu jarayonning negizida 

Download 1.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling