emas.
Proekt formalarining har biri ikkita fayl yordamida tasvirlanadi. Birinchisi
.dfm kengaymali fayl bo’lib forma xossalarining qiymatlarini saqlaydi. Ikkinchisi
esa, .pas fayli Object Pascal tilining moduli (unit) hisoblanadi.
Modulning tarkibiga quyidagilar kiradi:
Uses direktivasi. Drektiva proektda standart va boshqa proekt formalardagi
modullar ishlatilishi haqida ma’lumot beradi;
Forma tipini tasvirlanishi. Formaga qarashli bo’lgan komponentalar tipini
aniqlaydi;
Modul qismprogrammalari ishlatadigan
global
konstanta,
tip
va
o’zgaruvchilarni tasvirlanishi;
Forma holatlariga aks ta’sirni (reaksiya) tasvirlovchi protseduralar.
Proekt tarkibiga resurs (manba) fayllari ham kiradi.
Delphining ishlab chiqarish (loyihalash) muhiti to’rtta oynalardan iborat. Bu
muhit ko’poynali ilovalarning bir hujjat interfeysi yordamida boshqarilishi (SDI-
Single Document Interface) shaklida tashkil qilingan. Tizim bilan muloqot qilish
va ish bajarish oynalar yordamida amalga oshiriladi. Oynalar turi va ular bajara-
digan ishlarni ko’rib chiqamiz.
Bosh oyna. Asosiy oyna bo’lib unda menyu, tezkor o’tish paneli (lavhasi,
SpeedBar), komponentlar majmui (palitra) joylashtirilgan. Menyu satri muhit-
ning oynalarini tekshirish uchun ishlatiladi. Panel umumiy operatsiyalar (amallar)
ga tezkor murojaat qilishni ta’minlaydi. Komponentalar palitrasida bir nechta
guruh mavjud bo’lib ularning har birida piktogrammalar saqlanadi.
Palitradan kerakli komponentni topib “sichqoncha” yordamida forma oynasiga
ko’chirish mumkin. Shu asosda aktiv ob’ekt hosil qilinadi va uning xossalari, ho-
latlari belgilanadi. Bosh oyna quyidagi oynalarni boshqaradi.
a) Ob’ektlar inspektori (nazoratchisi) oynasi.
Bu oyna ko’p sahifali bo’lib yorliqlar bilan belgilangan xossalar (Propeties) va
holatlarni (Events) saqlaydi. Xossalar sahifasida ob’ektlarga tegishli xossalar,holat-
lar sahifasida esa, joriy ob’ektlar javob berishi kerak bo’lgan holatlar saqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |