Ma’ruza bayoni:
Sistemaviy programma ta’minotining yana bir komponentasi program-
malash sistemasidir.
Programmalash tizimi programmaviy sistema bo’lib, bitta yoki bir
nechta kirish (boshlang’ich ) tillari yordamida programmani tuzish va ijro et-
ishni taminlaydi.
Tizimlar bir yoki ko’p tilli bo’lishi mumkin. Ko’p tilli tizimlar
yordamida biz programmani bo’laklarini har xil til yordamida loyihalashimiz
mumkin. Bunday tizimlarda yangi tillarni qo’yish imkoniyati ham beriladi.
Programma nuqtai nazardan programmalash tizimi modullar
to’plamidan iborat. Har bir modul maxsus funksyalar (ishlar,vazifalar) ni baja-
radi. Zamonaviy tizimlar quyidagi komponentlardan iborat:
a) Kirish tili. Bu til yordamida programma tuziladi.
b) Translyator. Kirish tilida yozilgan programmani mashina yoki
boshqa tilga tarjima qiluvchi maxsus programmaviy modul(tizim).
d) Tahrirlovchi. Programma matnini tashkil qilish va matn ustida turli
amallarni bajaruvchi qismprogramma.
e) Taxlovchi. Programmani tekshirish bosqichlarini shu modul yordami-
da bajarish mumkin.taxlashning statik (matn tahlili) va dinamik (boshlang’ich
malumotlar bilan programma ishini tekshirish) turlari mavjud.
f) Optilizator. (Optimallovchi). Programma tarjima qilingandan keyin
hamma vaqt ixcham va qulay bo’lmaydi. Hosil hosil bo’lgan obekt mod-
ullarni optimallashtirish ( ixchamlash, to’g’irlash, unumdorligini oshirish ) shu
modul yordamida bajariladi.
g) Dispetcher.foydalanuvchi bilan muloqat qilish va boshqa modullarni
ishini boshqarish uchun ishlatiladigan modul. Dispetcher ni monitor
ham deyiladi.
h) Yordamchi qismsistema.(Help subsystem)
Tizimni kirish tili, xatolar haqida ma’lumot va foydalanuvchilar guruhlari
uchun turli yordamchi malumotlarni saqlaydi.
Bulardan tashqari, har bir programmalash tizimi boshqa komponentalar-
ni o’z ichiga olish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |