5. Uyga beriladigan topshiriqlar va adabiyotlar muhokamasi: Topshiriqlar,
1. adabiyotlar va internet – resruslarini tahlil qilish (5 minut).
Ma’ruza bayoni
Modulli programmalash zamonaviy texnologiyalardan hisoblanadi. Katta va
murakkab programma ta’minotini yaratishda avvalo uning strukturasi va kompo-
nentalari orasidagi munosabatni aniqlash maqsadga muvofiq.
Struktura (tarkib) masalasini muhokama qilsak u holda quyidagi holatlarni
qarab chiqishimiz kerak:
a) Programma yagona moduldan iborat va uni ijro etish uchun operativ xotira-
ga to’liq yuklash kerak;
b) Programma bir nechta segmentlardan (bo’laklardan) iborat va har bir seg-
ment kerakli paytda operativ xotiraga yuklanadi va ijro etiladi. i- modul
o’rniga (i+1)- modul yuklanishi mumkin.
d) Programma rezident (bosh) qism va bir nechta norezident qismlardan iborat.
Rezident qism ish boshlanishida xotiraga yuklanadi. Norezident qismlar esa
navbat bilan ketma-ket yuklanadilar.
Shu va boshqa xususiyatlar programmaning tezkorligi va xotirani egallashiga
katta ta’sir qiladi, programma modullari, kutubxonalarini yaratish jarayonida
hisobga olinadi. Bu yerda bir nechta holatlar va usullar mavjud. Ularni qisqacha
ko’rib chiqamiz.
Programmani matn moduli bo’yicha strukturalash (tarkiblash). Murakkab
programma konstanta,o’zgaruvchilar, turlar, qismprogrammalardan iborat. Shuning
uchun boshlang’ich modulni qismprogrammalar, ya’ni protsedura va funksiya-
larga nisbatan tarkiblash (tartiblash) maqsadga muvofiq.
Faraz qilaylik Pascal oilasiga qarashli tillar berilgan. Bu tillarda programman-
ing umumiy strukturasi quyidagicha berish mumkin.
Program ;
Procedure P1(P1 parametrlari );
;
Begin
End;
Procedure P2(P2 parametrlari );
;
Begin
End;________________________________________________________
88
Begin
;
P1(faktik parametrlar);
P2(faktik parametrlar);
End.
Strukturada uchta asosiy komponentalarni ajratish mumkin
a) Programma sarlavhasi
b) Protseduralar (funksiyalar) tasvirlanishi
d) Programma tanasi. Operatorlar va qismprogrammalarga murojaatlar.
Aytish kerakkim, formal va faktik parametrlar orasidagi aloqalarni tashkil qilish
programmalash tizimining translyatori zimmasiga yuklanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |