О‘quv adabiyotlarini yaratish, О‘quv jarayonini darsliklar va о‘quv qо‘llanmalar bilan ta’minlash, ularni xarid qilish va yangilab borish tartibi (loyiha)


О‘QUV ADABIYOTLARINI YARATISHGA QО‘YILADIGAN


Download 1.92 Mb.
bet4/13
Sana20.06.2023
Hajmi1.92 Mb.
#1635425
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Адабиётларга гриф бериш

О‘QUV ADABIYOTLARINI YARATISHGA QО‘YILADIGAN

UMUMIY TALABLAR

6.1. О‘quv adabiyotlari rivojlantirish strategiyasining demokratik, huquqiy, iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy yо‘nalishlarida mamlakat taraqqiyotining ustuvor masalalariga asoslangan holda yaratiladi va о‘quvchi yoki talabaning intellektual salohiyatini yanada yuksaltirishga xizmat qiladi, shuningdek soha bо‘yicha ilg‘or xalqaro tajribalar, jahon ilm-fani, uslubiyot, texnika va texnologiyalarning sо‘nggi yutuqlari, taraqqiyot tendensiyalarini hisobga oladi.


6.2. О‘quv adabiyotlari tasdiqlangan davlat ta’lim standarti, malaka talablari, о‘quv reja va fan dasturlari asosida tayyorlanadi. О‘quv adabiyotlarining nomi о‘quv rejalaridagi fanlar nomi bilan mos kelishi maqsadga muvofiq.
6.3. О‘quv adabiyotlarini yaratishda:
mamlakatda joriy etilgan uzluksiz ta’lim tizimining ta’lim turlari (bakalavriat, magistratura) о‘rtasidagi uzviylik va uzluksizlik ta’minlanadi hamda fanlar mavzularining asossiz takrorlanishiga yо‘l qо‘yilmaydi;
fanlarda mavzular izchilligiga, oddiydan murakkabga, xususiydan umumiylikka о‘tib borish tamoyillariga amal qilinadi.
6.4. Yaratilayotgan о‘quv adabiyotlarining mazmuni ta’lim olish, mustaqil va erkin fikrlash, olingan bilimlarni bosqichma-bosqich boyitish, mukammallashtirib borish, mustaqil ta’lim olish, yangi bilimlarni о‘quv adabiyotlaridan izlab topish kо‘nikmalarini о‘quvchi va talabalarda shakllantirishga yо‘naltirilgan bо‘lishi ta’minlanadi.
6.5. О‘quv adabiyotlari tushunarli, sodda va ravon tilda yozilishi, ma’lumotlar о‘quvchi va talabalar tomonidan imkon darajasida oson va qiyinchiliksiz qabul qilinadigan, xotirada saqlanadigan tarzda berilishi hamda ta’lim oluvchilarning bilim va kо‘nikmalarini nazorat qilish imkoniyatini yaratishi lozim.
6.6. Elektron о‘quv adabiyotlari bilim oluvchilarning tasavvurini kengaytirishga, dastlabki bilimlarini rivojlantirish va chuqurlashtirishga, qо‘shimcha ma’lumotlar bilan ta’minlashga mо‘ljallangan bо‘lib, kо‘pincha chuqurlashtirib о‘qitiladigan fanlar bо‘yicha yaratiladi. Uzluksiz ta’lim tizimida fan va texnologiyalar rivojlangani sari mazmuni tez о‘zgaruvchan, chuqurlashtirib о‘qitiladigan, kasbiy va maxsus fanlar bо‘yicha elektron о‘quv adabiyotlari tayyorlanadi.



Download 1.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling