О‘quv adabiyotlarini yaratish, О‘quv jarayonini darsliklar va о‘quv qо‘llanmalar bilan ta’minlash, ularni xarid qilish va yangilab borish tartibi (loyiha)


ELEKTRON О‘QUV ADABIYOTLARINI YARATISH TAMOYILLARI VA ULARGA QО‘YILADIGAN TALABLAR


Download 1.92 Mb.
bet6/13
Sana20.06.2023
Hajmi1.92 Mb.
#1635425
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Адабиётларга гриф бериш

8. ELEKTRON О‘QUV ADABIYOTLARINI YARATISH TAMOYILLARI VA ULARGA QО‘YILADIGAN TALABLAR

8.1. Elektron о‘quv adabiyotlarini (darsliklarni) yaratish tamoyillari:


modullilik tamoyili — о‘quv materialini hajmi bо‘yicha kichik, ammo tarkibi bо‘yicha bir butun bо‘lgan modullardan (bо‘limlardan) iborat bо‘lgan bо‘laklarga ajratilganligi;
tо‘liqlik tamoyili — har bir yaratilayotgan bо‘lim (modul) uni tashkil etuvchi nazariy va amaliy qismlar, nazariy bilimlarni tekshirish bо‘yicha tuzilgan nazorat savollari (testlar), mustaqil yechish uchun topshiriq va amaliy kо‘nikmalarni о‘rganishga yо‘naltirilgan mashqlar, tajribalar va tegishli sharhlardan iborat bо‘lishi maqsadga muvofiqligi;
kо‘rgazmalilik tamoyili — har bir bо‘limda (modulda) yangi tushunchalar, fikrlar hamda uslublarni tushunarli va eslab qolishni yengillashtiruvchi matnlar hajmi о‘lchamlari kichik bо‘lgan kadrlarning ketma-ketligidan iborat bо‘lishi;
tarmoqlanish tamoyili — har bir bо‘limlardan (modullardan) gipermatnli havolalar orqali boshqa bо‘limlar bilan bog‘lanish imkoniyatlari mavjudligi, о‘rganilayotgan fan materiallarini cheklanmagan holda bosqichma-bosqich о‘zlashtirib borish imkonining bо‘lishi;
boshqaruvchanlik tamoyili — ta’lim oluvchilar ekranda tasvirlanadigan kadrlarning almashuvini о‘zlari mustaqil boshqara olishlari, istalgan mavzu yoki ma’lumotlarni, tushunchalar, fikrlar, illyustratsiya materiallari va multimediyalarni ekranga chiqarish imkoniga ega bо‘lishi, о‘quvchi va ta’lim oluvchilarga bilim va kо‘nikmalarni nazorat savollari, testlar va amaliy mashg‘ulotlar orqali tekshirish imkoniyatining mavjudligi;
kо‘nikuvchanlik tamoyili — elektron darslik о‘quv jarayonida aniq foydalanuvchi ehtiyojlariga kо‘nikib borishini ta’minlashi, о‘rganilayotgan materialning chuqurligi va murakkabligini hamda ta’lim oluvchining kelgusi ta’lim bosqichiga bog‘liq holda amaliy yо‘naltirilganligini о‘zgartirib borishga imkoniyat yaratishi, foydalanuvchilar о‘z ehtiyojlariga kо‘ra qо‘shimcha illyustratsiya materiallaridan foydalana olishlari, о‘rganilayotgan tushunchalarni chizma va geometrik jihatdan talqin qila olishlariga xizmat qilishi;
kompyuterli qо‘llab-quvvatlash tamoyili — ta’lim oluvchilar о‘rganish jarayonining istalgan paytida о‘quv materialining mohiyatiga diqqatni jalb etishga undovchi topshiriq va masalalarni qarab chiqish hamda ularni bajarishda kompyuterdan foydalanishlari uchun sharoitning mavjudligi. Elektron о‘quv adabiyotini kompyuter orqali о‘rganishda murakkab almashtirish amallari, turli xil hisoblashlar va grafiklarni tuzib chiqish, rasm va sxemalarni chizish, murakkab darajadagi turli amallarni bajarish imkoniyatlarining mavjudligi;
yig‘iluvchanlik tamoyili — elektron darslikni yangi bо‘limlar va mavzular, fan va texnika yangiliklari bilan kengaytirib, tо‘ldirib borishga imkon berishi hamda maxsus va alohida fanlar bо‘yicha elektron kutubxonalarni yoki ta’lim oluvchilar, (u о‘qiyotgan mutaxassislik va kursga mos holda) о‘qituvchilar yoki tadqiqotchilarning xususiy elektron kutubxonalarini shakllantirishiga imkon yaratishi.
8.2. Elektron darslikka qо‘yiladigan umumiy talablar quyidagilardan iborat:
elektron darslikning mazmuni va tarkibi ta’lim standartlari, malaka talablari, о‘quv reja va fan dasturlariga mos kelishi kerak;
elektron darslikning tuzilmasi va mazmuni о‘quv materialini chuqur о‘rganishga mо‘ljallanganligi bilan bir vaqtda о‘rganilayotgan fanning о‘quv dasturiga mos kelishi lozim;
о‘qitishda ilmiylikni, fan, texnika va texnologiyalarning sо‘nggi yutuqlarini hisobga olishda о‘quv materiali mazmunining yetarlicha chuqurligini, ishonchliligini ta’minlash, о‘quv materialini elektron darslik yordamida о‘zlashtirish jarayoni о‘qitishning zamonaviy usullari bilan mos ravishda qurilishi zarur;
elektron darslik ta’lim oluvchilarning yoshi hamda alohida xususiyatlariga xos о‘quv materialini о‘rganishning murakkablik va chuqurlik darajasini aniqlashi, shuningdek о‘quv materialini haddan ziyod murakkablashtirish va ortiqcha yuklashga yо‘l qо‘ymasligi lozim;
ta’lim oluvchiga an’anaviy о‘quv adabiyotlaridagi muammoli topshiriqlar, mashqlar, amaliy mashg‘ulotlarni bajarishga imkon yaratishi kerak;
о‘qitishning kо‘rgazmaliligini ta’minlash, ta’lim oluvchilar tomonidan о‘rganilayotgan obyektlar, ularning maketlari, uch о‘lchamdagi modellarini qabul qilish va shaxsan kuzatish imkonini berishi lozim;
elektron darslikdan foydalanishda bilimlarni о‘zlashtirish mustahkamligini oshirish maqsadida ta’lim oluvchilarning chuqur fikrlash, xotirada saqlash kabi qobiliyatlarini rivojlantirishga xizmat qilishi kerak;
elektron darslik о‘quv faoliyatining izlash, yig‘ish, saqlash, tahlil, ishlov berish kabi kо‘rinishlarini avtomatlashtirish, jumladan hisoblash, loyihalash va konstruksiyalash, tajriba, eksperimentning natijalariga ishlov berish, nazorat topshiriqlari, axborotli ishlov berish amallarini avtomatlashtirishni kо‘zda tutishi kerak;
elektron darslik murakkab obyektlar (mashina, uskuna, apparat, moslama va h.k.) ishining imitatsiyasini, turli jarayonlarni real, tezlashtirilgan yoki sekinlashtirilgan vaqt masshtabida о‘tish vositalarini tarkibida saqlashi lozim.
8.3. Elektron darslikka qо‘yiladigan о‘ziga xos didaktik talablar quyidagilar:
moslashuvchanlik talabi — elektron darslik ta’lim oluvchining xususiy imkoniyatlariga, ya’ni о‘qitish jarayonida uning bilimi, kо‘nikmalari va psixologik xususiyatlariga moslashtirilgan bо‘lishi;
о‘qitishning interfaollik talabi — elektron darslik о‘qitish jarayonida ta’lim oluvchi bilan о‘zaro hamkorlikni ta’minlashi, interfaol muloqot va aks aloqani ta’minlashi;
vizuallashtirish talabi — elektron darslik о‘quv axborotini taqdim etishda kompyuter yordamida vizuallashtirish imkoniyatlarini joriy qilish zarurligi;
ta’lim oluvchining intellektual qobiliyatini rivojlantirish talabi — fikrlash, murakkab vaziyatlarda mustaqil qarorlar qabul qila olish mahorati, axborotga ishlov berish bо‘yicha kо‘nikmalarni shakllantirishga imkon berishi;
tizimlilik talabi — elektron darslik о‘quv materialini namoyish qilishning tizimlilik va funksional bog‘liqligini, tо‘liqligi va uzluksizligini ta’minlashi.
Elektron darslik о‘zida muammoli va izlanish topshiriqlarining intellektual о‘rgatuvchi tizimiga ega bо‘lishi, о‘quv materialini taqdim etishda ma’lumotlar tushunchali, obrazli va harakatli komponentlarning о‘zaro bog‘liqligiga tayangan holda berilishi lozim.
8.4. Elektron darsliklarga qо‘yiladigan umumiy texnik, texnologik talablar. Elektron darslik:
lokal va boshqa tashqi axborot tashuvchilarda, tarmoqli tartibotda harakatlanishi;
multimedia va telekommunikatsiya texnologiyalarining zamonaviy vositalarini maksimal qо‘llash imkonini berishi;
ishlash qobiliyati puxta va barqaror bо‘lishi;
turli elektron tashuvchilarni qо‘llash imkoniyatiga ega bо‘lishi;
lokal va tarmoqli tartibda ishlash imkoniyati mavjud bо‘lishi;
jamoaviy ishlash imkonini (о‘qituvchi ta’lim oluvchilar bilan interaktiv va aks aloqada bо‘lishi) berishi kerak.
8.5. Elektron darsliklarni yaratishning о‘quv-uslubiy, texnik, texnologik tartibi tayanch oliy ta’lim muassasalari tomonidan ishlab chiqiladi.


  1. Download 1.92 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling