О‘quv adabiyotlarini yaratish, О‘quv jarayonini darsliklar va о‘quv qо‘llanmalar bilan ta’minlash, ularni xarid qilish va yangilab borish tartibi (loyiha)


О‘QUV ADABIYOTLAR QО‘LYOZMALARINI О‘RGANISH BО‘YICHA EKSPERTLARNING FAOLIYATI


Download 1.92 Mb.
bet2/13
Sana20.06.2023
Hajmi1.92 Mb.
#1635425
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Адабиётларга гриф бериш

3. О‘QUV ADABIYOTLAR QО‘LYOZMALARINI О‘RGANISH BО‘YICHA EKSPERTLARNING FAOLIYATI

3.1. Institutning о‘quv adabiyotlar qо‘lyozmalarini о‘rganish bо‘yicha ekspertlar tarkibi institut rektorining buyrug‘i bilan tasdiqlanadi va tarkibiy о‘zgartirishlar kiritiladi.


3.2. О‘quv adabiyoti qо‘lyozmasini о‘rganish, unga ekspertiza xulosasini berish uchun jalb etilgan ekspertlarning bir yillik faoliyati tahlil etilib yil yakunida moddiy rag‘batlantirishga tavsiya etiladi.


4. OLIY TA’LIM MUASSASALARINI О‘QUV ADABIYOTLARI BILAN TA’MINLASH MEYORI VA ULARNI YANGILAB BORISH DAVRIYLIGI

4.1. О‘quv adabiyotlarining matbaa usulida nashr qilingan nusxalari hamda mualliflar bilan belgilangan tartibda kelishilgan holda о‘quv adabiyotlarining elektron nusxalari saqlanadigan axborot-resurs markazi ta’lim jarayonini о‘quv adabiyotlari bilan ta’minlaydigan asosiy manba hisoblanadi.


4.2. О‘quv adabiyotlari bilan ta’minlash meyorlari muayyan axborot-resurs markazida mavjud bо‘lgan о‘quv adabiyotlari soni tegishli ta’lim yо‘nalishi yoki mutaxassisligida ta’lim olayotgan talabalar soni bilan nisbat kо‘rinishida belgilanadi.
4.3. Nashr qilinayotgan о‘quv adabiyotlarining adadi bakalavriat ta’lim yо‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklarining о‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqqan holda о‘qitilayotgan fanlar bо‘yicha bakalavriat ta’lim yо‘nalishlari bо‘yicha har 6 nafar talabaga kamida 1 (bir) dona, hamda magistratura mutaxassisliklari bо‘yicha har 2 (ikki) nafar talabaga 1 (bir) dona о‘quv adabiyoti tо‘g‘ri kelishi miqdorlari oralig‘ida belgilanadi. Bunda ta’lim jarayonining о‘quv adabiyotlari bilan ta’minlanishi axborot-resurs markazida о‘quv adabiyotlarining elektron nusxalari mavjudligini nazarda tutadi.
4.4. Nashr qilinadigan о‘quv adabiyotlarining adadi ushbu meyorlarga amal qilingan holda institut О‘quv-uslubiy Kengashi xulosasi asosida belgilanadi.
4.5. Institut axborot-resurs markazi fondidagi о‘quv adabiyotlar mamlakatdagi ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy-huquqiy, ma’naviy-ma’rifiy islohotlar, yangilanish, fan, texnika va texnologiyalarning sо‘nggi yutuqlari, ilg‘or xalqaro tajriba va taraqqiyot tendensiyalari, yangi fanlar va ta’lim yо‘nalishlari kiritilishi, davlat ta’lim standartlari, malaka talablari, о‘quv reja va fan dasturlari takomillashtirilishi va о‘zgartirilishiga muvofiq yangilanib borilishi lozim.
4.6. Bakalavriat ta’lim yо‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari fanlarining turkumlari (о‘quv reja bloklari)dan kelib chiqib, ijtimoiy-gumanitar va iqtisodiy fanlar bо‘yicha о‘quv adabiyotlari har 5 yilda, tabiiy-ilmiy va matematik fanlar bо‘yicha – har 10 yilda, mutaxassislik fanlari bо‘yicha – har 6 yilda yangilab borish davriyligi belgilanadi va tavsiyaviy xarakterga ega bо‘ladi.
4.7. Davlat ta’lim standartlari, malaka talablari, о‘quv reja va fan dasturlari ilk bor kiritilishi yoki yangilanishi, yangi fanlar kiritilishi hamda Hukumat qarorlari va kо‘rsatmalari asosida о‘quv adabiyotlari tavsiya etilgan davriylikdan mustasno tarzda yangilanadi.
4.8. Yangilanishi talab etiladigan о‘quv adabiyotlari chop etilishi rejalashtirilayotgan rо‘yxatga kiritiladi. Bunda о‘quv adabiyoti yangilanishining sabablari, mavjud о‘quv adabiyoti nechanchi yilda chop etilgani kо‘rsatiladi.




  1. Download 1.92 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling