XORIJIY DAVLATLARDAN О‘QUV VA ILMIY ADABIYOTLAR RО‘YXATINI SHAKLLANTIRISH, XARID QILISH VA ULARDAN FOYDALANISH TARTIBI
9.1. Institutda foydalanish uchun xorijiy о‘quv va ilmiy adabiyotlar rо‘yxatini tegishli bakalavriat ta’lim yо‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklarining о‘quv rejalariga kiritilgan fanlar bо‘yicha quyidagi tartibda shakllantiriladi:
xorijiy о‘quv va ilmiy adabiyotlar rо‘yxatini shakllantirish bо‘yicha о‘quv ishlari bо‘yicha prorektor boshchiligida komissiya tashkil etiladi. Komissiya tarkibiga ilmiy ishlar bо‘yicha prorektor, institut О‘quv-uslubiy kengashi, ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi, tegishli fakultet dekanlari, kafedra mudirlari, fan mutaxassislari kiritiladi;
komissiya tomonidan muayyan ta’lim yо‘nalishi yoki mutaxassislik о‘quv rejasiga kiritilgan fanlar bо‘yicha besh kun muddatda professor-о‘qituvchilar tarkibidan mutaxassislar guruhlari belgilanadi;
bir oy muddatda mutaxassislar guruhlari mavjud imkoniyatlardan foydalangan holda tegishli о‘quv faniga oid zamonaviy, ilg‘or nazariy va amaliy bilim, uslubiyot, ma’lumot, ilmiy va texnologik yangiliklarni о‘z ichiga olgan xorijiy о‘quv va ilmiy adabiyotlarni izlab topadi va aniqlaydi;
fanlar bо‘yicha mutaxassislar guruhlari aniqlagan xorijiy о‘quv va ilmiy adabiyotlar о‘n besh kun muddatda komissiya tomonidan jamlanadi, umumiy rо‘yxatga kiritiladi va belgilangan talablarga muvofiqligi tahlil qilinadi, zarur hollarda umumiy rо‘yxatga о‘zgartirishlar kiritiladi;
Komissiya mutaxassislar guruhlari tomonidan kiritilgan xorijiy о‘quv va ilmiy adabiyotlar rо‘yxatlarini umumlashtiradi, umumlashtirilgan rо‘yxatda bakalavriat ta’lim yо‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklarining fanlari bо‘yicha takrorlanadigan xorijiy adabiyotlarni aniqlaydi, takrorlanishlarni tegishli kafedralar bilan kelishilgan holda bartaraf qiladi, fanlar bо‘yicha rо‘yxatga kiritilgan xorijiy о‘quv va ilmiy adabiyotlarni optimallashtiradi va yakuniy umumlashtirilgan rо‘yxatni tasdiqlash uchun belgilangan tartibda prorektor tomonidan Institut Kengashiga taqdim etiladi;
Xorijiy о‘quv va ilmiy adabiyotlarning umumiy rо‘yxatini shakllantirishda unga xarid qilish zarur bо‘lgan о‘quv va ilmiy adabiyotlar kiritilishini, internet orqali tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri kо‘chirib olinishi mumkin bо‘lgan, chet eldan yakka tartibda olib kelinadigan, homiy va hamkor tashkilotlar tomonidan taqdim etiladigan, sо‘nggi besh yildan oldin chiqqan, institutda mavjud bakalavriat ta’lim yо‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklariga hamda ma’naviy, odob-axloq meyorlariga, О‘zbekiston Respublikasi siyosatiga tо‘g‘ri kelmaydigan xorijiy о‘quv va ilmiy adabiyotlar umumiy rо‘yxatga kiritilmasligini komissiya nazorat qiladi va bunga mas’ul hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |