O`quv fanining dolzarbligi va oliy kasbiy ta`limdagi o`rni
Download 145.33 Kb.
|
2.Чизматасви sevara tayyor
- Bu sahifa navigatsiya:
- O`quv fanining maqsadi va vazifasi
O`quv fanining dolzarbligi va oliy kasbiy ta`limdagi o`rni Rassom tasviriy san`at turlarining qaysi birida ijod qilishidan qat`iy nazar chizmatasvirga va rangtasvirga asoslanadi. U o`zining kuzatishlari, asar oldida kompozitsiyalari ustidagi izlanishlarini avval qalamda, dastlabki chizgilar bilan ifodalaydi. yaratilgan va yaratilayotgan badiiy asar ta`sirchanligini anglash, xis etish va uning badiiy g’oyasini oshirish, rivojlantirish yo`nalishlarini belgilab olish bo`yicha nazariy bilimlarini shakllantirish ko`nikmasini xosil qilish. O`quv fanining maqsadi va vazifasi Fanning vazifasi – fundamental, umumkasbiy va maxsus tayyorgarlikka ega bo`lgan malakali mutaxassis kadrlar tayyorlash ko`nikmalarini xosil qilish. Fan bo`yicha talabalarning bilimiga, ko`nikma va malakalariga qo`yiladigan talablar Bilishi kerak: -chizmatasvir o`quv topshiriqlarini bajarishda chizmatasvir san`atining o`ziga xos hususiyatlarini anglash, xomaki chizgilar va tugallangan o`quv topshiriqlari bajarish; asarlar ustida ishlashda artistizmga yordam beruvchi kasbiy malaka komplekslari chizmatasvir va dekorativ rangtasvir madaniyati; shakllar plastikligi tizimi va uning qonunlari; jismlar dunyosi va tirik tabiat shakllanishining uygunligi; tasvirning grafikasiga erishish, chiziqning tasvir elementi hakidagi axamiyati va shakl yaratish inson qiyofasi tasvirlanuvchi yarim qomat, yaxlit qiyofa, turli rangdagi matolardan iborat bulgan o`quv topshiriqlari, o`quv topshiriqlari plastik kompazitson obraz echimlari, yaratiladigan asarlar mavzu doirasida kompozitsion ifodalilikka xizmat qiluvchi tasviriy ashyolar haqida tasavvurga ega bo`lishi; o`quv topshiriqlarda kompozitsion muhit tashkil etuvchi atributlar singari tasviriy ashyolarni chizmatasvir va rangtasvirda jamlash; turli xildagi matolar ishtirokida bajariladigan tasviriy asar sifatida shakllanishida ko`plab dekorativ asar yaratish qonun qoidalarini o`rganish; tasviriy san`atda asrlar mobaynida shakllangan uslubiy an`analarga rioya etish va amalda qo`llay bilish; chizmatasvir va rangtasvir o`quv kursida mashg’ulotlarning asosiy shakli insonning jonli qiyofasiga qarab turli yorkin matolar fonida aks ettirish; suratning asosiy tuzilishi qonuniyatlarini; ijodiy tafakkur yurita olish va atrof-muhitni badiiy dekorativ talqin eta olishni; chizmatasvir vositalari orqali shakilni ifodasini berishni; chiziqning eng oddiy tasvir vositasi ekanligi va u orqali olamni va shaklni tasvirlash mumkinligini bilishi insonning qiyofasiga qarab, tasvir etish jarayonida, tasvir vositalarining barcha unsurlari o`zaro mutanosibligiga erishish; Qilishi kerak: - chizmatasvirda harakat va sokinlik, nur va soya fazoviy o`lchamlarining nisbatlari to`g’ri aks etishiga e`tiborga olishni bilishi va ulardan foydalana olishi; turli insonlar shakl – shamoili, fe`l – atvori, ruhiy holatini dekorativ xolatda ifodalab berish; chizmatasvirda va rangtasvirda mahoratini namoyon kilish; o`quv topshiriklari xar bir detalni tasvirdagi bir yaxlitlikka buysundira olish; chizmatasvir va rangtasvirda kasb mahoratini namoyon kilish. chiziqning tasvir elementi xakidagi axamiyati va shakl yaratish tasvir mavzui va timsolning asos mohiyati, etakchi jihat va xususiyatlarini to`g’ri belgilab berish va badiiy mahorat ko`nikmalariga ega bo`lishi kerak. Download 145.33 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling