O’quv fanining nomi: adabiyot mavzu nomi: Muhammad Yusuf hayoti va ijodi
(O`quvchilar o`z fikr-mulohazalarini bayon etadilar)
Download 1.82 Mb.
|
ochiq dars Muhammad yusuf
(O`quvchilar o`z fikr-mulohazalarini bayon etadilar)
- O’zbek adabiyoti shunday chamanzorki, uning bo’stonida gul ko’p, chechak ko’p.Bu bo’stonda bir- biriga o’xshamaydigan bir- birini takrorlamaydigan dilbar shoirlar avlodi qayta- qayta bo’y cho’zaveradi.Ana shunday betakror shoirlardan biri, shubhasiz, O’zbekiston xalq shoiri, xalqimizning bulbulzabon farzandi Muhammad Yusufdir. Shoira Halima Xudoyberdiyeva yozganidek: Yuraklarda yurmagini, Oh, oldindan bilgan qush. Har o’zbekning yuragini, O’ziniki qilgan qush. Ha, shoir Muhammad Yusuf xuddi Boburdek, Shavkat Rahmondek bor- yo’g’I 47 yil umr ko’rdi. Biroq bu umr bir dilbar shoirning tug’ilishi, kamol topishi, o’zini voyaga yetkazgan yurt va millatga samimiy va ixlos ila xizmat qilib, ortidan nom qoldirishi uchun kifoya qildi. Ha shoir hayot bo’lganida hozir 60 yoshga kirar edilar. Darhaqiqat, shoiramiz Halima Xudoyberdiyeva yozganidek: Bir arsloni o’tdi o’zbekning, Ohi ko’kka yetdi o’zbekning. Quyosh yig’la, osmon aza tut, Muhammadi ketdi o’zbekning. Baland ketdi, shoniga ketdi, Jannatning ayvoniga ketdi. Turk yukini yelkalashay deb, Yassaviyning yoniga ketdi. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning 2013- yil 27- dekabrdagi “O’zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf tavalludining 60 yilligini nishonlash to’g’risida”gi Qarori nafaqat qalam ahlini, mamlakatimizning har bir fuqarosini quvontirib yubordi. Chunki Muhammad Yusuf chinakam xalq shoiri edi. Uning milliy adabiyotimiz va madaniyatimizni rivojlantirishga, xalqimiz ma’naviyati, ongu tafakkurini yuksaltirishga, yosh avlod qalbida o’zlikni anglash, milliy g’urur va iftixor tuyg’ularini shakllantirishga, ezgu fazilatlarni kamol toptirishga qo’shgan hissasi beqiyos. Yorqin iste’dod egasi bo’lgan adibning betakror badiiy asarlari xalqimizga manzur edi. Shoirlar ohular o‘tlar dalasi, Dardli ko‘ngillarning dardli qal’asi. Ular goh bir og‘iz shirin so‘z quli, Goh dunyoni olar bir iborasi. Bugungi darsimizda bir iborasi bilan ko`ngil dunyomizni ololgan,o`zbek xalqining sevimli farzandi, kamtar o‘g‘loni, otashqalb shoir, tuprog`ning mitti yalpizidan to keng samogacha o`ziniki deb bilgan,Mustaqillikning ilk ayozli damlaridayoq “Hech kimga bermaymiz seni, O`zbekiston” deya olgan, Vatan bedapoyalarini Rimlarga-da alishmagan, turkman qiz bahonasida Kumushbibilarni qo`msagan, she’riyat osmonida yo‘lchi yulduz bo‘lib porlagan sodda Muhammad Yusuf hayoti va ijodi haqida suhbatlashamiz,bahslashamiz,bellashamiz. Download 1.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling