Masala: Uchburchakning parallel proyeksiyasi berilgan. Bu uchburchak medianalarining proyeksiyalarini qanday yasash kerak?
Yechilishi: Parallel proyeksiyalashda to'g'ri chiziq kesmalarining nisbati saqlanadi. Shuning uchun uchburchak tomonining o’rtasi bu tomon proyeksiyasining o’rtasiga proyeksiyalanadi. Demak, uchburchak medianalarining proyeksiyalari uning proyeksiyasining medianalari bo’ladi.
O’tilgan mavzuni mustahkamlash:
Parallel va ayqash to'g'ri chiziqlar ta’riflarini ayting.
Tekislikda to'g'ri chiziqlarning parallellik alomatlarini ayting.
Parallel tekisliklar deb nimaga aytiladi?
Parallel tekisliklarning xossalarini ayting.
Parallel proyeksiyalash nima?
Parallel proyeksiyalashning xossalarini ayting.
Uygavazifa: Masala yechish. « Geometriyadan masalalar to’plami » , I.Isroilov, Z.Pashayev
Tayanch so’zlar: Fazo, to’g’ri chiziq, tekislik, nuqta, aksioma, parallel
Nazorat savollari:
1.Tekislikgi qanday to’g’ri chiziqlar parallel bo’ladi?
2. To’g’ri chiziqning va tekislikning parallegi?
3. Tekislikda qanday to'g'ri chiziqlar ayqash deyiladi?
4. Tekislikda to'g'ri chiziqlarning parallellik alomati.
5.Tekislikka parallel to'g'ri chiziqning ta'rifi.
6.To'g'ri chiziq va tekislikning parallellik alomati.
Adabiyotlar :
1.« Geometriya » H.M.Sayfullayeva 2003 y « O’qituvchi »
2.« Geometriya » II-qism ,I.Isroilov,Z.Pashayev 2005y « O’qituvchi »
3.« Geometriya » 7-11 sinf ,A.V.Pogorelov 1990 y « O’qituvchi »
4.« Geometriyadan masalalar to’plami » ,I.Isroilov,Z.Pashayev 2003y « O’qituvchi »
Do'stlaringiz bilan baham: |