O’quv ishlari bo’yicha prorektor prof. Soliyev A. S


Download 5.39 Mb.
bet20/84
Sana11.11.2023
Hajmi5.39 Mb.
#1765656
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   84
II. Darsning jihozi: Ma’ruzalar matni, statistikaga oid, adabiyotlar, krossvord yozilgan kartochkalar, plakat, doska, bo’r.
III. Darsning maqsadi: Statistik kuzatish to’g’risida umumiy ma’lumot, statistik kuzatishning dasturiy uslubiy masalalari, statistik kuzatishning tashkiliy, masalalari, statistik kuzatish shakllari, turlari va usullari, kuzatish xatolari, tekshirish usullari haqida ma’lumot berish.
IV. Tashkiliy qism: Tvalabalar bilan salomlashib, navbatchi yordamida davomatni aniqlash, jahon yangiliklaridan so’rash.
V Yangi mavzu bayoni:
VI. Darsni mustahkamlash. Mavzu yuzasidan savol-javoblar o’tkazish, test topshiriqlarini yechish.
VII. Takrorlash uchun savol va topshiriqlar.
Har qanday statistik (kuzatish) tadqiqot uch bosqichni o’z ichiga oladi:
-statistik kuzatish;
-kuzatish materiallarini svotkalash va guruhlash;
-kuzatilayotgan voqyeani har tomonlama tavsiflovchi umumlashtiruvchi ko’rsatkichlarni hisoblash va ularni tashkil etish.
-ijtimoiy hodisalar va jarayonlar haqidagi ma’lumotlarni rejali, ilmiy va uyushtirilgan asosda to’lash jarayoni statistik kuzatish deyiladi. Statistik kuzatish tekshirishning podevori, birinchi va eng mas’uliyatli bosqichi hisoblanadi. U qanchalik to’g’ri, chuqur ilmiy mulohazalar asosida tashkil etilsa oqibatda tekshirish natijalari aniq va maqsadga javob Bera oladigan bo’ladi.
Statistik kuzatish amalga oshirilayotganda bir qator shart-sharoitlarni hisobga olinishi talab qilinadi. Eng muhim ilmiy talablar, shart-sharoitlar quyidagilar:
-statistik kuzatish dalillarni bir-biri bilan o’zaro bog’lanishda va bir butunlikda qayd qilinishi lozim.
-ma’lumotlar to’la-to’kis bo’lishi uchun eng avvalo kuzatilayotgan to’plamdagi birliklar, mintaqa, xudud chegarasida to’la hisobga olinishi kerak.
-statistik kuzatishning to’laligi, ma’lumotlarning vaqt bo’yicha qamrab olinishi kerak. Agarda birinchi yilda to’plam kuzatilsa-yu, ikkinchi yilda uning ayrim birliklari, uchinchi yilda esa qandaydir boshqa birliklari tushib qolsa va kuzatish shu tarzda davom etaversa, u holda olingan ma’lumotlar vaqt bo’yicha to’la-to’kis bo’lmasdan, ularning taqqoslamasligiga sifatiga putur yetadi.
Olinayotgan ma’lumotlar aniq, haqqoniy va ishonchli bo’lishi shart, aks holda ular isbotlab beradigan kuchga ega bo’la olmaydi.
O’rganilayotgan hodisa va voqyealarni tavsiflovchi a’lumotlar yagona dastur va metodologiya aossida to’planishi lozim. Ma’lumotlarni to’plash dasturi va metodologiyasi hamma xududlar, idora va tashkilotlar hamda davrlar uchun bir xil bo’lishi kerak. Aks holda ular taqqoslama bo’lmaydi va ilmiy tekshirish uchun yaroqsiz hisoblanadi. Kuzatishning dasturiy, uslubiy masalalarni o’z ichiga oladi:
-kuzatish maqsadi va vazifalari.
Har qanday kuzatishni o’tkazishdan oldin uning maqsadi va vazifalari aniqlab olinadi. Bu masalani to’g’ri va aniq yechish uchun muhim hisoblanadi. Noaniq va mujmal belgilangan maqsad va vazifalar kuzatish jarayonida kerakli ma’lmuotlarning tushib qolishiga sabab bo’ladi. Natijada sarflangan mehant va mablag’larning samaradorligi pasayadi.
-Kuzatish dasturi.
Kuzatish dasturi deyilganda o’rganilayotgan to’plamning har bir boshlang’ich unsuri haqida kuzatish davomida qayd qilinishi lozim bo’lgan belgilar to’plami tushuniladi.
Dastur tuzish statistik kuzatishning eng og’ir va eng mas’uliyatli bosqichidir:
-Kuzatish obyekti.
Kuzatish obyekti deyilganda o’rganilayotgan hodisa va jarayonlar to’plami tushuniladi. Kuzatish obyektini chegaralari:

  1. mazmunan qanday hodisa kuzatishga jalb qilinishi kerakligi. Davlat korxonasimi yoki xususiy korxona.

  2. Qanday xudud chegarasida bu ma’lumotlar olinishi kerakligi. Respublika miqyosidagi yoki tuman miqyosida.

  3. Qaysi davr yoki vaqt uchun ma’lumot olinishi kerakligi. Aniq bir yilmi yoki bir necha yil.

Ayrim hollarda kuzatish obyektini belgilayotganda maxsus senzlardan foydalaniladi.
-Senz barcha obyektlar ichidan Ayni kuzatishda hisobga olinishi lozim bo’lganlarini belgilash uchun qabul qilingan ma’lum miqdoriy me’yor tushuniladi.
-Kuzatish birligi.
Kuzatish birligi – kuzatilayotgan to’plamning bir birligi tushuniladi. M.:sanoat faoliyatini tekshirishda har bir korxona birligi hisoblanadi.
-Hisob birligi.
Hisob birligi – o’rganilayotgan to’plamning shunday birligi tushuniladiki uning belgilari tekshirish jarayonida hisob-kitob orqali qayd qilinishi kerak.
Kuzatish dasturida savollarga javob maxsus hujjatda aks ettiriladi. Bu hujjat statistik formulyar deb ataladi.
Statistik formulyar ikki xil bo’ladi:
-alohida shakldagi formulyar
-ro’yxat shaklidagi formulyar
Alohida ko’rinishdagi formulyarga korxonalarning yillik hisoboti misol bo’la oladi.
Ro’yxat ko’rinishidagi formulyarda bitta emas, balki bir necha hisob birliklari haqida ma’lumot keltiriladi.
Kuzatishning tashkiliy masalalari quyidagilarni o’z ichiga oladi:
-kuzatish organi. – bu statistik kuzatishni bevosita tashkil qiladigan va o’tkazadigan tashkilot.
-Kuzatish vaqti va muddati – kuzatishni qachon va necha kunda amalga oshirishni aniqlaydi.
-Hisobot vaqti – olinayotgan ma’lumoi qaysi vaqtga tegishli bo’lgan davr bilan o’lchanadi.
-Kritik fursat. Ma’lumotlarni ma’lum vaqtga to’g’rilab ro’yxatga olish tushuniladi.
Kritik fursatni belgilash:
1.Ro’yxatga olinadigan ma’lumotlarni xuddi bir fursatni o’zida olish imkonini beradi;
2.Takror hisobga olishdan xoli bo’ladi.
3.Ro’yxatni belgilangan muddatda tugatishni ta’minlaydi.
-Kuzatish joyi. Kuzatish qayerda o’tkazilishi lozim bo’lgan joy tushuniladi. Uni belgilash ayniqsa joyi o’zgarib turishi mumkin bo’lgan hodisalarni kuzatayotganda juda katta ahamiyatga ega.
Kuzatishni samarali va sifatli o’tkazilishi unda qatnashadigan kishilarning tayyorgarlik darajasiga bog’liq. Shu sababli kuzatishni o’tkazishdan oldin uni o’tkazuvchi ma’sul kishilar bilan maxsus mashg’ulotlar olib boriladi.
Kuzatish rejasi va daturidagi har bir savolning mazmuni, uni qay tartibda ro’yxatga olish, formulyarni qay tartibda to’ldirish kabi masalalar o’quv jarayonida birma-bir ko’rib chiqiladi.

Download 5.39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling